Toshkentda bog‘chada bolani urgan tarbiyachi ishdan ketdi

Toshkent shahridagi xususiy bog‘chalardan birida bolaga nisbatan zo‘ravonlik qo‘llagan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi. Hodisa Olmazor tumanida joylashgan “Amerisan Daisare” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida sodir bo‘lgani aytilmoqda. Bu haqda “Millar” ko‘rsatuvi ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, voqea joriy yilning 22-yanvar kuni tushlik paytida yuz bergan. Tarbiyachi uxlamay qo‘ygan bolaga qo‘pol munosabatda bo‘lib, uning yuziga qo‘l ko‘targan. Bog‘cha ma’muriyati bu holatdan xabardor bo‘lishi bilan tarbiyachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilganini bildirgan.
Bolaning onasi aytishicha, tarbiyachi boshqa bolalar turib ketganidan keyin uning farzandiga zo‘ravonlik qilgan. Natijada bolaning burni qonagani qayd etilmoqda. “Bolamni kiydirib, yuz-qo‘lini yuvib, yonimga tushirib yuborishganda men bog‘chaga kelgan edim”, — deydi u.
Poytaxt Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga ko‘ra, holat hozirda rasmiy ravishda o‘rganilmoqda. Tekshiruv yakunlariga ko‘ra, mazkur voqea bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etilishi ma’lum qilingan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!