date

Gvardiola Oskar Bobb yaqin kunlarda ketishini ma'lum qildi

Gvardiola Oskar Bobb yaqin kunlarda ketishini ma'lum qildi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa vingeri Oskar Bobb tez orada klubni tark etishi mumkinligini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Norvegiyalik futbolchi jamoani tark etish istagini bildirgan va faoliyatini "Fulhem"da davom ettirish variantini ko‘rib chiqmoqda.

Insayder Fabritsio Romanoning keltirishicha, ispaniyalik mutaxassis: "O‘ylashimcha, Oskar Bobb shu oy ketishni xohlayapti", — degan.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, 22 yoshli norvegiyalik London klubi bilan shartnoma imzolashga juda yaqin. Futbolchi AQSHda o‘tadigan jahon chempionati oldidan ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istayotgani taxmin qilinmoqda.

2025/2026 yilgi mavsumda Bobb barcha turnirlarda 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning bozor bahosi 25 mln yevroga teng.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gvardiola Oskar Bobb yaqin kunlarda ketishini ma'lum qildi