date

Gleb Gancharenko Belarusni Yevropa chempionatiga olib chiqishi qiyin deydi

Gleb Gancharenko Belarusni Yevropa chempionatiga olib chiqishi qiyin deydi

«Barselona»ning sobiq yarim himoyachisi Aleksandr Gleb Viktor Gancharenko qo‘l ostidagi Belarus terma jamoasining imkoniyatlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Glebning ta’kidlashicha, Gancharenko uchun Belarusni Yevropa chempionatiga olib chiqish oson bo‘lmaydi. U terma jamoada ishlash bilan klubdagi murabbiylik butunlay boshqa-boshqa vazifa ekanini eslatib, Viktor Mixaylovich yangi rolga qanday moslashishini vaqt ko‘rsatishini aytdi.

Shu bilan birga, sobiq futbolchi har qanday holatda ham jamoa va murabbiyni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Gleb Gancharenko bilan Belarus terma jamoasi oldinga qadam tashlashiga umid qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, belaruslar AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan yaqinlashib kelayotgan jahon chempionatiga yo‘llanma ololmadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gleb Gancharenko Belarusni Yevropa chempionatiga olib chiqishi qiyin deydi