Namanganda tovlamachi guruh fosh etildi: "Eshon" ushlandi...

2 daqiqa o'qish608
Namanganda tovlamachi guruh fosh etildi: "Eshon" ushlandi...
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Namangan shahrida tovlamachilik va zo‘ravonlik orqali “ko‘cha qonunlari”ni o‘rnatishga uringan jinoiy guruh faoliyatiga barham berildi.
  • Guruh tashkilotchisi, 28 yoshli Bahriddin Zayniddin o‘g‘li Nasriddinov muqaddam bir necha bor sudlangan bo‘lib, o‘zini “Eshon” laqabi bilan tanitgan.
  • Tergovga ko‘ra, u sheriklari bilan birga fuqaroni urib, qo‘li va o‘tkir kesuvchi jism bilan tan jarohati yetkazgan.

Huquq-tartibot idoralari Namangan shahrida tovlamachilik va zo‘ravonlikka asoslangan tartibsiz “ko‘cha qonunlari”ni o‘rnatishga uringan jinoiy guruh faoliyatiga barham berdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur guruhning tashkilotchisi Namangan shahrida yashovchi, muqaddam bir necha bor sudlangan shaxs bo‘lgan.

Namangan viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati qayd etishicha, u avval ham firibgarlik va bezorilik bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etib jazo olganiga qaramasdan, to‘g‘ri xulosa chiqarmagan va yana qonunga zid yo‘lga kirgan.

Ma’lum qilinishicha, u atrofiga jinoyatga moyil bir necha shaxslarni to‘plab, ular bilan til biriktirgan holda shahar hududida tovlamachilik va bezorilikka doir qilmishlarni amalga oshirib kelgan. Guruh a’zolari fuqarolar o‘rtasidagi pul oldi-berdi va kelishmovchiliklarni “kuch bilan hal qilish” usulida yechishga uringan — ya’ni tahdid, bosim va zo‘ravonlik orqali ta’sir o‘tkazgan.

Qo‘lga olingan shaxs — 28 yoshli Bahriddin Zayniddin o‘g‘li Nasriddinov ekani aytilmoqda. U muqaddam Jinoyat kodeksining 277-moddasi birinchi qismi, 168-moddasi 4-qismi, 228-moddasi 3-qismi hamda 277-moddasi 2-qismi bilan sudlangani keltirilgan.

Tergov materiallariga ko‘ra, Bahriddin Nasriddinov jinoiy sheriklari bilan birga Namangan shahrida yashovchi tanishini Barkamol avlod mahallasi hududiga chaqirgan. Unga “ko‘cha yechimlari” («razborka»)ga ishtirok etmayotgani, chaqirgan vaqtda kelmayotgani va boshqa bahonalarni vaj qilib, qo‘li hamda o‘tkir kesuvchi jism bilan urib, tan jarohati yetkazgan.

Namangan viloyati sud-tibbiy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, jabrlanuvchining chap yelka qismida kesilgan va sanchilgan jarohatlar borligi aniqlangan.

Rasmiy xabarda aytilishicha, “yetakchilikka intilgan”, o‘zini “Eshon” laqabi bilan tanitgan ushbu shaxs go‘yo “ko‘cha ishlarini hal qilish”ni da’vo qilib, fuqarolarga nisbatan bosim o‘tkazib kelgan. U protsessual tartibda ushlangan va unga nisbatan Namangan shahar ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ichki ishlar organlari mazkur shaxsdan jabr ko‘rgan fuqarolarni Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasiga, hududiy ichki ishlar organlariga yoki 102 qisqa raqamiga xabar berishga chaqirgan. Murojaat qilgan shaxslarning ma’lumotlari sir saqlanishi kafolatlanishi ham alohida ta’kidlangan.

Bu kabi holatlarda eng muhimi — “o‘zim hal qilaman” deb xavfga kirmaslik. Qonun ishlashi kerak, kuch ishlatish emas.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?