
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkent — Moskva (Domodedovo) — Toshkent yo'nalishidagi HY603/604 reyslarining kechiktirilganini ma'lum qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
O'zgarishlar Moskva aeroportidagi vaqtinchalik cheklovlar sababli amalga oshirilgan. Yangilangan ma'lumotga ko'ra, parvozlar quyidagi jadval bo'yicha amalga oshiriladi: HY603: Toshkentdan jo'nash vaqti soat 10:00, Moskvaga yetib borish vaqti 12:20.
HY604: Domodedovodan jo'nash vaqti soat 14:00, Toshkentga yetib kelish vaqti 19:50. Moskva rasmiylariga ko'ra, poytaxt osmonida 32ta dron yo'q qilingan.
Shu sababli Sheremetyevo, Jukovskiy, Vnukovo va Domodedovo aeroportlarida samolyotlarni qabul qilish cheklangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.