Yanvarda 111,8 ming litr sifatsiz benzin mahsuloti to‘xtatildi

1 daqiqa o'qish214
Yanvarda 111,8 ming litr sifatsiz benzin mahsuloti to‘xtatildi

O‘zenergoinspeksiya nazorat-kimyo laboratoriyalari joylarda neft mahsulotlari sifatini tekshirish bo‘yicha muntazam nazorat tadbirlarini davom ettirmoqda. Maqsad — yoqilg‘i va boshqa neft mahsulotlarining davlat standart talablariga mosligini ta’minlash hamda iste’molchiga sifatsiz mahsulot yetib borishining oldini olish.

Joriy yilning yanvar oyida o‘tkazilgan nazoratlar doirasida 102 ta avtoyoqilg‘i quyish shoxobchasi va korxonalardan jami 162 ta namuna olindi. Tahlillar yakuniga ko‘ra, 13 ta subyektda 111,8 ming litr neft mahsulotlari davlat standart talablariga javob bermasligi aniqlanib, ularni sotuvga chiqarish to‘xtatildi.

Ma’lumot uchun, 2025 yil davomida o‘tkazilgan sifat nazorati tadbirlari natijasida 247 ta subyektda jami 8 mln 962 ming litr neft mahsulotlari standartlarga mos kelmagani qayd etilgan. Mutasaddilar nazorat ishlari davom ettirilishini, sifatsiz mahsulot aylanmasiga yo‘l qo‘yilmasligini bildirmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?