
O‘zbekistonda «Samarqand avtomobil zavodi» MCHJ QK (SamAuto)dagi davlatning 75,2% ulushi xususiylashtirildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (DABA) xabar berdi.
Mazkur davlat ulushini Turkiyaning Anadolu Group tarkibiga kiradigan Anadolu Isuzu kompaniyasi sotib oldi. Bitim qiymati $80 millionni tashkil etdi.
Shuningdek, investor korxonaning rivojlanishi uchun yana $80 million mablag‘ ajratadi. Bitim Turkiya nazorat organlari tomonidan ham ma’qullandi.
DABA ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar 19 noyabr kuni sotib olish va sotish shartnomasini imzolashgan. Xususiylashtirish doirasida tomonlar alohida investitsiya kelishuvini tayyorlaydi.
SamAuto uchun mablag‘lar 9 dekabr kuni Xususiylashtirish jamg‘armasiga kelib tushgan. Ushbu mablag‘dan 1 trillion so‘m 10 dekabr kuni Respublika byudjetiga o‘tkazilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.