date

O‘zbekistonda IT sohasini yangi platforma nazorat qiladi

O‘zbekistonda IT sohasini yangi platforma nazorat qiladi
2027 yil 1 yanvarga qadar O‘zbekistonda «Raqamli nazorat» nomli yangi platforma ishga tushiriladi. Ushbu platforma raqamli texnologiyalar va telekommunikatsiya sohasidagi xizmatlar sifatini nazorat qiladi.

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning qarorida qayd etilgan. Platforma uzoq hududlarni ham qamrab oladi.

Shuningdek, mazkur platforma axborot tizimlaridagi uzilishlarga tezkor javob berish va fuqarolar hamda tashkilotlardan kelib tushgan murojaatlarni operativ ko‘rib chiqishni ta'minlaydi. Hujjatga ko‘ra, Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlash va telekommunikatsiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi maxsus vakolatli organ sifatida belgilandi.

Mazkur inspeksiya axborotlash, telekommunikatsiya, pochta aloqasi va raqamli texnologiyalar sohasida nazoratni amalga oshiradi. Shuningdek, ommaviy axborot vositalarini ro‘yxatga olish, qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilish va bolalarni zararli ma'lumotlardan himoya qilish uchun mas'ul bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda IT sohasini yangi platforma nazorat qiladi