date

Xorazmda saksovul kesgan haydovchiga katta jarimaga tortildi

Xorazmda saksovul kesgan haydovchiga katta jarimaga tortildi

Xorazm viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, saksovulni noqonuniy kesgan fuqaro javobgarlikka tortildi. Bu haqda upl.uz xabar beradi.

Hududiy ekologiya xodimlari prokuratura, ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor-profilaktik tadbirlar chog‘ida Xazarasp tumanida “Labo” avtomobilida saksovul kesib, tashiyotgan erkak aniqlandi.

Holat yuzasidan unga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1-qismi — daraxtlar, butalar va boshqa o‘simliklarni noqonuniy kesish, shikastlash yoki yo‘q qilish bilan bog‘liq modda asosida bayonnoma rasmiylashtirildi. Natijada erkakka 10,3 million so‘m jarima belgilandi.

Bundan tashqari, o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar uchun 5,7 million so‘m miqdorida moddiy kompensatsiya ham undirilishi ko‘zda tutilgan. Rейdlar davom etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Xorazmda saksovul kesgan haydovchiga katta jarimaga tortildi