
26 dekabr kuni Samarqand xalqaro aeroporti orqali o‘tgan yoʻlovchilar soni 1,5 millionga yetdi. 2025 yil yakunlari bo‘yicha bu ko‘rsatkich aeroport tarixidagi eng yuqori natija bo‘ldi, deya Air Marakanda matbuot xizmati Kursiv Uzbekistan’ga ma’lum qildi. Bu haqda kursiv.uz beradi.
1,5 millioninchi yoʻlovchi sifatida Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida yashovchi Muhabbat Shodierova qayd etildi. U “Pobeda” aviakompaniyasining Samarqand — Moskva yo‘nalishidagi reysi bilan parvoz qilgan. Taqdirlash marosimi doirasida mazkur reys yoʻlovchilari o‘rtasida “Pobeda” va Air Marakanda tomonidan sovg‘alar ham o‘ynaldi.
Aeroport oktabr oxiridan kuz-qish parvozlar mavsumiga o‘tgan. Joriy yil bahor-yoz davrida havo bandargohi 900 mingdan ortiq yoʻlovchiga xizmat ko‘rsatdi, yillik o‘sish 7 foizni tashkil etdi.
O‘tgan mavsumda Samarqand aeroportining yo‘nalishlar tarmog‘i ham kengaydi: Ural Airlines Krasnoyarskka, Azimuth Airlines esa Samara va Krasnodarga qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi. Shuningdek, AZAL’ning Boku, Qazaq Air’ning Astana (Turkiston orqali) hamda China Southern Airlines’ning Urumchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslari qayta tiklandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.