date

Barselona Flik bilan kelajak rejasini belgilab oldi

Barselona Flik bilan kelajak rejasini belgilab oldi

“Barselona” rahbariyati bosh murabbiy Hans-Diter Flikning ishidan mamnun va hamkorlikni davom ettirish niyatida. Diario SPORT xabariga ko‘ra, 60 yoshli germaniyalik mutaxassis bilan shartnomani uzaytirish klubning yaqin davrdagi eng muhim vazifalaridan biri sifatida ko‘rilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, Flikka 2027/28 yilgi mavsum yakunigacha mo‘ljallangan yangi bitim taklif qilinadi. Biroq murabbiyning o‘zi hozircha muzokaralarni boshlashga shoshilmayapti va masalani mavsum oxiriga yaqinroq muhokama qilish ehtimoli yuqori.

Flikning amaldagi shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha amal qiladi. U jamoani 2024 yil yozidan beri boshqarib kelmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Barselona Flik bilan kelajak rejasini belgilab oldi