date

Toshkentda havo tiniqlashdi 44 ball fonida togʻlar ko‘rina boshladi

Toshkentda havo tiniqlashdi 44 ball fonida togʻlar ko‘rina boshladi

Ekologiya qoʻmitasi ma’lumotiga ko‘ra, Toshkentda havo sezilarli darajada tozalangani sababli shahar hududidan togʻlar ko‘rinadigan bo‘ldi. Idora poytaxtda nafas olish osonlashganini ta’kidladi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Qoʻmita bayonotida bunday o‘zgarishlar o‘z-o‘zidan yuz bermayotgani, bu Ekologiyani muhofaza qilish bo‘yicha maxsus komissiya tomonidan ko‘rilayotgan qat’iy choralar, reydlar va jamoatchilik nazoratining dastlabki natijalari ekani qayd etildi.

IQAir monitoringiga ko‘ra, 29 dekabr tongida Toshkentda havo ifloslanishi indeksi 44 ballni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich shaharda havo deyarli toza ekanini anglatadi. Soat 10:17 holatiga poytaxt dunyo shaharlari orasida havo ifloslanishi bo‘yicha 77-o‘rinda qayd etilgan.

Samarqand va Nukusda esa havo ifloslanishi darajasi nisbatan yuqoriroq bo‘lib, indekslar mos ravishda 53 va 68 ballni ko‘rsatdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda havo tiniqlashdi 44 ball fonida togʻlar ko‘rina boshladi