date

TikTok’da prezidentni haqoratlagan fuqaro 4 yilga qamaldi

TikTok’da prezidentni haqoratlagan fuqaro 4 yilga qamaldi

TikTok ijtimoiy tarmog‘ida jonli efir vaqtida prezidentni haqorat qilgan fuqaroga nisbatan sud hukmi chiqarildi. Ushbu shaxsga 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida tug‘ilgan, hozirda Navoiy shahrida istiqomat qilgan A.Y. 2023 yil fevral oyida Qozog‘istonning Olmaota shahrida bo‘lgan paytida TikTok platformasida jonli efirga chiqib, davlat rahbarining sha’ni va qadr-qimmatiga teguvchi haqoratli so‘zlarni aytgan. Ushbu chiqish ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqalib, keng jamoatchilik orasida jiddiy muhokamalarga sabab bo‘lgan.

Hodisadan so‘ng A.Y. Turkiya va Ozarbayjon hududlarida yashiringan holda yashab kelgan va vaqt o‘tishi bilan bu ish unutiladi, degan umidda bo‘lgan. Biroq Prezident Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida u 2025 yil aprel oyida Ozarbayjonda qo‘lga olindi.

Sud majlisi davomida ayblanuvchi qilgan ishidan afsusda ekanini bildirib, jamoatchilikdan uzr so‘radi. U o‘z bayonotida jonli efirda aytilgan so‘zlar uchun pushaymonligini ta’kidlab, bunday holat boshqa takrorlanmasligini bildirdi.

Sud hukmiga asosan, A.Y. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 158-moddasi uchinchi qismi bilan aybli deb topilib, 4 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Shuningdek, sud materiallarida u ilgari O‘zbekiston hududida sodir etgan o‘g‘rilik va bezorilikka oid qonunbuzarliklar uchun ham javobgarlikka tortilgani qayd etildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » TikTok’da prezidentni haqoratlagan fuqaro 4 yilga qamaldi