date

Soliq tekshiruvi poraga aylandimi? Nukusda ikki inspektor ushlandi

Soliq tekshiruvi poraga aylandimi? Nukusda ikki inspektor ushlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida soliq organlarining ikki nafar bosh inspektori tadbirkordan tamagirlik qilgan holda qo‘lga olindi.

Ma’lum bo‘lishicha, Nukus shahrida oziq-ovqat mahsulotlari chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi mas’uliyati cheklangan jamiyat faoliyatini tekshirgan soliq inspektorlari tadbirkorga nisbatan 213 million so‘mlik soliq qonunchiligi buzilishi aniqlanganini bildirgan. Ular ushbu summani 34 million so‘mgacha kamaytirib berish evaziga MCHJ rahbaridan 2 ming AQSH dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida soliq inspektorlari o‘zlariga tegishli bo‘lgan pora pulning bir qismini — 700 AQSH dollari va 15 million so‘mni sobiq soliq idorasi xodimi orqali olgan vaqtlarida fosh etildi.

Natijada, ikki nafar amaldagi soliq inspektori hamda ularga vositachilik qilgan shaxsning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan uchala shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Soliq tekshiruvi poraga aylandimi? Nukusda ikki inspektor ushlandi