date

Kapello Inter uchun xavfli jihat nimada ekanini aytdi

Kapello Inter uchun xavfli jihat nimada ekanini aytdi

Italiyalik tajribali murabbiy Fabio Kapello joriy mavsumda "Inter"ning hujumdagi samaradorligini tahlil qildi. Milanliklar 35 ta gol urib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha eng yaqin ta’qibchi "Milan"dan (27) ancha oldinda bormoqda. Biroq Kapelloning fikricha, bu yerda asosiy masala gol soni emas, ularning qay tarzda va kimga urilayotgani. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassis ta’kidlashicha, chempionat odatda urilgan va o‘tkazib yuborilgan gollar nisbatini eng yaxshi ushlagan jamoa tomonidan yutiladi. "Inter"ning 35 ta goli a’lo natija, 14 ta o‘tkazib yuborilgan to‘p ham yomon emas. Ammo Kapello muammo sifatida gollarning “taqsimoti”ni ko‘rsatdi: uningcha, "Inter" autsayderlar darvozasiga ko‘p gol urmoqda, biroq kuchli raqiblarga qarshi uchrashuvlarda tez-tez qoqilmoqda.

Ayni paytda "Inter" A Seriya turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kapello Inter uchun xavfli jihat nimada ekanini aytdi