
2026 yilning ilk kunida «Chelsi» bosh murabbiy almashayotganini rasman e’lon qildi: londonliklar Enso Mareska jamoani tark etganini ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
The Independent xabariga ko‘ra, Mareskaning eng asosiy vorisi sifatida 41 yoshli mutaxassis Liam Rozenor ko‘rilmoqda. U hozirda Fransiyada «Strasburg» klubini boshqarmoqda.
Ayni paytda «Chelsi» Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 5-o‘rinda bormoqda. Jamoaning navbatdagi ligadagi uchrashuvi 4 yanvar kuni safarda «Manchester Siti»ga qarshi o‘tadi, o‘yin 22:30 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.
2025 yil yakunidagi so‘nggi bahsda «Chelsi» «Bornmut» bilan 2:2 hisobida durang o‘ynagan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.