
Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati yilning ilk kuni bo‘yicha tezkor ma’lumotlarni e’lon qildi. Bu haqda upl.uz xabar beradi.
Qayd etilishicha, 1 yanvar kuni soat 17:00 ga qadar (Toshkent vaqti bilan) Oʻzbekistonda jami 1 094 nafar chaqaloq tug‘ilgani ro‘yxatga olingan. Ularning 539 nafari o‘g‘il, 555 nafari qiz bolalar.
Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Farg‘ona viloyatida: bu yerda 138 nafar chaqaloq tug‘ildi. Keyingi o‘rinlarda Surxondaryo (135), Samarqand (125), Qashqadaryo (121) va Namangan (110) viloyatlari qayd etildi.
Eng kam tug‘ilish Sirdaryo viloyatida kuzatildi — atigi 19 nafar chaqaloq.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, yangi tug‘ilganlar orasida 15 ta egizak, 1 ta uch egizak va 1 ta to‘rt egizak holati bor. Jami hisobda bu ko‘p homilali tug‘ilishlar 37 nafar bolani tashkil etdi.
Shuningdek, avvalgi yillarning shu davridagi ko‘rsatkichlar ham keltirildi: 2020 yilda — 1 111, 2021 yilda — 1 086, 2022 yilda — 1 448, 2023 yilda — 1 312, 2024 yilda — 1 043, 2025 yilda — 1 040 nafar chaqaloq tug‘ilgani qayd etilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.