date

1 foiz soliq: taksichilarga 2026 yildan endi yangi qoida

1 foiz soliq: taksichilarga 2026 yildan endi yangi qoida

2026 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilganlar, jumladan taksi haydovchilari ham aylanmasidan 1 foiz miqdorida soliq to‘laydi. Soliq qo‘mitasi ushbu tartib bo‘yicha tushuntirish berdi.

Masalan, o‘zini o‘zi band qilgan taksichi bir oyda 2 million so‘m daromad qilsa, to‘laydigan solig‘i 20 ming so‘m bo‘ladi. Qoida oddiy: qancha aylanma bo‘lsa, shundan 1 foiz.

Agar yo‘lovchi tashish onlayn-agregatorlar orqali amalga oshirilsa, soliq masalasi yanada “avtomat”ga o‘tadi. Ya’ni agregator haydovchiga pul o‘tkazayotganda soliqni o‘z-o‘zidan ushlab qoladi.

Bu yerda muhim bir nyuans bor: agregator faqat o‘z platformasi orqali tushgan daromaddan soliq ushlab qoladi. Agregatordan tashqarida olingan daromadlar esa shu mexanizm bilan avtomatik tarzda soliqqa tortilmaydi.

QR-kod masalasi: taksichilarga majburiy emas

2026 yil 1 yanvardan yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilganlar uchun raqamli platformalarda shakllangan elektron to‘lovlarni qabul qilish maqsadida maxsus QR-kodga ega bo‘lish talabi ham kuchga kirdi.

Lekin bu talab agregatorlar orqali yo‘lovchi tashish va buyurtma asosida tovar yetkazib berish bilan shug‘ullanadigan o‘zini o‘zi band qilganlarga qo‘llanmaydi. Qisqasi, soliq tizimlariga ulangan rasmiy agregator orqali ishlaydigan taksi haydovchilari va kurerlar alohida QR-kod o‘rnatishi shart emas.

Xulosa bitta: 1 foiz soliq kiryapti, agregator orqali ishlasang ushlab qolinadi, QR-kod esa taksichilarga “albatta shart” emas.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » 1 foiz soliq: taksichilarga 2026 yildan endi yangi qoida