19,5 ming kishini noqonuniy umra safariga yuborgan turagentlik aniqlandi

O‘zbekistonda Jalolquduq Aviatrans nomi bilan faoliyat yuritgan noqonuniy turagentlikning umra safarlarini ruxsatsiz tashkil etgani fosh etildi. IIV ma’lumotiga ko‘ra, ushbu tashabbus ortidan 19,5 ming nafar fuqaro noqonuniy tartibda umra ziyoratiga yuborilgan.
Tergovda aniqlanishicha, tashkilotchilar ziyoratchilardan jami 22,8 mln dollar mablag‘ yig‘ib olgan. Soliq va majburiy to‘lovlardan bo‘yin tovlash miqdori 15,3 mlrd so‘mdan oshgani, kompaniya harakatlari oqibatida davlatga yetkazilgan zarar esa 1,8 mlrd so‘mga baholangan.
Saudiya Arabistonida yetarli sharoitlar yaratilmagani sabab 534 nafar o‘zbekistonlik og‘ir vaziyatda qolib ketgan — ular keyinchalik maxsus reyslar orqali vatanga qaytarilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. IIV 13 nafar shaxs ushlanganini, yana bir kishi javobgarlikka tortilganini bildirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!