date

«Oʻzbekneftgaz» rahbari toʻrtta neftbaza boshligʻini lavozimidan ozod etdi

«Oʻzbekneftgaz» rahbari toʻrtta neftbaza boshligʻini lavozimidan ozod etdi

«Oʻzbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisi Abdugʻani Sanginov kompaniya korxonalarida oʻtkazilgan tekshiruvlar yakunlarini sarhisob qildi. Tekshiruvlarda aniqlangan jiddiy kamchiliklar ortidan Termiz, Jizzax, Maroqand va Kuchlikdagi neftbazalar rahbarlari egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Yigʻilishda neftbazalar faoliyatini tartibga solish, shuningdek soliq yukini optimallashtirish bilan bogʻliq masalalar ham muhokama qilindi. Sanginov ish jarayonida ochiqlik va shaffoflik ustuvor bo‘lishini ta’kidladi: yoqilgʻi aholiga «kulrang» sxemalarsiz, sifat yoʻqotishlari va talon-torojlarsiz yetib borishi kerak.

Abdugʻani Sanginov «Oʻzbekneftgaz»ga 2025 yil dekabr oyida rahbar etib tayinlangan. U bu lavozimda 2023 yil martidan buyon kompaniyaga rahbarlik qilib kelgan Bahodir Sidikov oʻrnini egallagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » «Oʻzbekneftgaz» rahbari toʻrtta neftbaza boshligʻini lavozimidan ozod etdi