Buxoroda 15 yoshli bolani urib ketgan Damas qochishi ortidan yuzlab Damas va Labo 'lar ushlab turildi

1 daqiqa o'qish247
Buxoroda 15 yoshli bolani urib ketgan Damas qochishi ortidan yuzlab Damas va Labo 'lar ushlab turildi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • 2026 yil 7 yanvar kuni Shofirkon tumanida velosipedda harakatlangan 2011 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan M.T.ni oq rangli Damas urib ketib, haydovchi voqea joyidan yashiringan.
  • Jinoyatni aniqlash uchun hududdagi yuzlab Damas va Labo avtomashinalari vaqtincha to‘xtatilib, hujjatlari hamda transport vositalari tekshirilgan, huquqbuzarlik aniqlanmagan mashinalar egalariga qaytarilgan.

Buxoroda 15 yoshli bolani urib ketgan Damas qochishi ortidan yuzlab Damas va Labo 'lar ushlab turildi

Buxoro viloyatida 15 yoshli bola avtomashina urib ketishi va haydovchining qochishi ortidan yuzlab Damas va Labo rusumli transport vositalari vaqtincha tekshiruvga to‘xtatildi.
Shofirkon tumanidagi avtomashinalarning hujjatsizligi haqida tarqalgan xabarlarga Buxoro Ichki ishlar boshqarmasi rasmiy bayonot berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2026 yil 7 yanvar kuni soat 14:12 da Shofirkon tuman kasalxonasi shifokori yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganini ma’lum qildi. Hodisa natijasida 2011 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan fuqaro M.T. turli tan jarohatlari bilan tibbiy muassasaga olib kelindi.
Tekshiruvda aniqlandiki, bola velosipedda harakatlanayotgan paytda orqadan kelayotgan oq rangli Damas avtomashinasi bilan to‘qnashgan va haydovchi birinchi tibbiy yordam ko‘rsatmay, voqea joyidan yashiringan.
Jinoyatni aniqlash va gumonlanuvchi haydovchi hamda transport vositasini topish maqsadida tezkor-qidiruv hamda protsessual choralar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, Shofirkon tumani hududida harakatlanayotgan Damas va Labo rusumli mashinalar tekshiruvdan o‘tkazildi. Ushbu vositalar vaqtincha to‘xtatilgan, ular qonun doirasida ko‘zdan kechirilgan va huquqbuzarlik aniqlanmaganlariga egalariga darhol qaytarilgan. Haydovchilar bilan profilaktik suhbatlar olib borildi.
2026 yil 9 yanvar kuni soat 00:00 holatiga ko‘ra, ekspert-kriminalistik tekshiruvlar natijasida yo‘l-transport hodisasini sodir etgan gumonlanuvchi G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan B.U. ekani aniqlandi. U o‘z aybini tan olgan va uning tegishli avtomashinasi ham topilgan. Hozirda barcha protsessual choralar qonun doirasida olib borilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “haydovchilar kasal fuqarolarni tashib kelayotgani yoki qariyalarni ko‘rish uchun uzoq vaqt ushlab turilgani” haqidagi ma’lumotlar rasmiy ravishda tasdiqlanmagan va Ichki ishlar organlariga bu masala bo‘yicha murojaat ham kelib tushmagan.
Buxoro Ichki ishlar boshqarmasi ta’kidlashicha, barcha choralar fuqarolar xavfsizligi, jinoyatni aniqlash va qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?