date

O‘zbekiston TIV Dubayda sudlangan o‘zbekistonliklar bo‘yicha izoh berdi

O‘zbekiston TIV Dubayda sudlangan o‘zbekistonliklar bo‘yicha izoh berdi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi OAV va ijtimoiy tarmoqlarda Dubayda sudlangan o‘zbekistonliklar haqida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirib, rasmiy izoh e’lon qildi. Bu haqda uzdaily.uz xabar beradi.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, voqea 2025 yil aprelida sodir bo‘lgan va unda O‘zbekistonning sakkiz nafar fuqarosi ishtirok etgan ommaviy mushtlashuv qayd etilgan.

21 yanvar kuni Dubay sudi hukm chiqarib, mushtlashuvda qatnashgan sakkiz kishiga umrbod qamoq jazosi tayinlagan. Yana bir nafar O‘zbekiston fuqarosi esa 25 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.

TIV ta’kidlashicha, O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari va tegishli idoralari holatni batafsil o‘rganish hamda fuqarolarning huquqlarini himoya qilish uchun zarur choralarni ko‘rmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston TIV Dubayda sudlangan o‘zbekistonliklar bo‘yicha izoh berdi