17:01 / 02.07.2017
4 561

Toshkent temir yuli: ayb xodimlarda emas mulozimlarda!?

Toshkent temir yuli: ayb xodimlarda emas mulozimlarda!?
2017 yil 29 iyun kech soat 21.20da Toshkent Markaziy Temiryo‘l Vokzaliga Samarqandga chipta olish maqsadida bordim. Navbatda 90 daqiqadan ko‘proq turishga majbur bo‘ldim.

Ushbu 90 daqiqa vaqt menga O‘zbekiston Temir Yo‘llarining bugungi achinarli holatini to‘liq ochib berdi desam adashmayman.

Yaqinda internet tarmog‘ida "Urganchga chipta yo‘q, lekin vagonning yarmi bo‘sh keldi" nomli maqolaga ko‘zim tushdi. Bu maqolada Toshkent Markaziy Vokzalidagi chipta sotuvchi kassirlar faoliyati keskin tanqid qilingan edi.
Naxotki xamma ayb oddiy kassirlarda ekan?!
Biz ko‘pgina muammolarga katta mulozimlar emas, balki oddiy ishchilarning befarqligi sabab deb odatlanganmiz. Natijada asosan oddiy ishchilarni noxaq ishdan bo‘shatishlari bilan cheklashning guvoxi bo‘lganmiz xolos.

Tizimda tartibsizlik bo‘lsa oddiy ishchilarda nima ayb?
Ular nimani o‘zgartira oladi?

Masalan, yakinda Jamiyat gazetasidagi notariuslar faoliyati yuzasidan chop etilgan tanqidiy makoladan so‘ng, aytib o‘tilgan «bechora» notarius ishdan olindi. Lekin ko‘rsatilgan muaammolar umumiy tizimda hali hanuz mavjud.
Tanqid bu birovni ishdan olish emas, balki bor muaammoni muxokama qilib, birgalikda bartaraf etish deb xisoblayman.
Agar temiryul tizimidagi muaammolarga oddiy kassirlar aybdor bo‘lganida edi, buni bartaraf etish bir soatlik ish bo‘lar edi. Ya’ni eski kassirlarni bo‘shatib, o‘rniga yangilarni olib.
Umumiy gaplardan faktlarga. O‘sha kuni Toshkent vokzalidagi umumiy 12ta kassadan fakat 4tasi faoliyat olib borar, chipta olish uchun kelgan odamlarning soni esa ancha ko‘p edi. Bundan tashqari 4ta kassaning bittasi xarbiylar uchun va bittasi elektron biletlar uchun ajratilgan va faqat 2tasi oddiy aholiga xizmat ko‘rsatar edi. Chipta narxining yarmini nakd va yarmini plastikda tulash imkoniyati xam yuk ekan.

Temiryul tizimida 75 ming kishi ishlasa ham O‘zbekistondagi eng katta Vokzalning 12ta kassasidan faqat 4tasi ishlayotganini qanday tushinish mumkin?

Toshkent temiryo‘l vokzalidagi navbatni bartaraf etish uchun «elektron navbat» tizimi kiritilgan ekan ammo undan umuman foydalanilmas ekan.

Xuddi san’atkorlar «Bu xalk jonli ijroni tushunmaydi» degani kabi bu erda xam oddiy odamlar «elektron navbatni» tushunmaydi deb ishlatilmayaptimi?

Vokzalda xorijdan kelgan turistlar xam navbatda turishar va bu holatdan ular ham hayratda edilar.

Yozda ob-havoning kunduzi juda isskiq bo‘layotganiga qaramasdan kondensionerlar haligacha xamma vagonlarda mavjud emas ekan. Eng arzon chipta olsangiz xam poezdda provodniklar kam pulga boshka vagonga o‘tkazishni «taklif» etganining o‘zim guvohi bo‘lganman.

Oddiy kassirlarni ayblamasdan temiryo‘l tizimida islohotlar olib borish shart. Turistlar uchun alohida kassalar tashkil etish, vokzallarda o‘rnatilgan «elektron navbatni» to‘lik ishga tushirish, vagonlarni kondisionerlar bilan to‘lik jixozlash kerak.
Bundan tashqari, birinchi navbatda Temiryul tizimida yangi marketing tizimini joriy etish shart. Bunda poezdlardagi bo‘sh joylarni bartaraf etish uchun chegirmalar tizimini qo‘llash, doimiy yulovchilarni rag‘batlantirish, kassalardagi navbatlarni keskin bartaraf etish va bu bilan xizmat sifatini oshirishni nazarda tutadi.

Temiryul davlat transport tizimining asosiy bo‘g‘inlaridan hisoblanadi va uning hozirgi holati talab darajasida emas. Bunga esa oddiy kassirlarning umuman aybi yuk yoki oddiycha aytganda «bolalarda ayb yo‘q!».
Hamma ayb prezidentimiz aytganidek ishlashni xoxlamayotgan mulozimlarda.


Manba: dia.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent temir yuli: ayb xodimlarda emas mulozimlarda!?