Prezidentimizning 2017 yil 3 fevralda qabul qilingan «Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni hamda Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan ustuvor maqsadlardan kelib chiqib Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Sirdaryo viloyati kengashi tomonidan qator ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, mahallalarda jamoatchilik nazorati guruhlari bilan birgalikda 58 ming 200 dan ortiq oilalar hamda mingga yaqin ijtimoiy muassasalarda yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazildi. Ularda aholi keltirgan 12 ming 300 dan ziyod ijtimoiy-maishiy va iqtisodiy mazmundagi muammolarni bartaraf etish choralari ko‘rildi. Biroq o‘rganishlar mahallalar faoliyati samaradorligini oshirish borasida belgilangan vazifalar ijrosi ko‘ngildagidek emasligini ko‘rsatdi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Sirdaryo viloyati kengashining 2017 yil yakunlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishida shular xususida so‘z bordi.
— “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturida aholining, tadbirkorlik sub’ektlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida elektron davlat xizmatlaridan foydalanishni o‘rgatish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish masalasi ham o‘rin olgan, — deydi kengash raisining birinchi o‘rinbosari Solijon Qudratov. — Afsuski, Sayxunobod, Guliston, Oqoltin tumanlari kengashlari tomonidan bu yo‘nalishda taqdim etilgan hisobotlar yuzaki bo‘lib, ularda qancha kishi malaka oshirgani to‘g‘risidagi oddiy ma’lumot ham keltirilmagan. Yoki keksalarning muammolarini o‘rganish, ko‘makka muhtoj qariyalar, Muruvvat, Saxovat uylarida yashovchilar holidan muntazam xabar olish yuzasidan bironta ham tuman va shahar kengashlari bajargan salmoqli ishlar to‘g‘risida aniq axborotga ega emasmiz.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi ijrosi yuzasidan tuman va shahar kengashlari ma’lumotlarni kechiktirib va sifatsiz taqdim etish holatlari uchramoqda. Mazkur Dasturga muvofiq tuman va shaharlardagi xotin-qizlar qo‘mitalari bilan hamkorlikda “Fuqarolar yig‘inlarining eng namunali xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha komissiyasi” tanlovini tashkil etish belgilangani holda ushbu tadbir hech bir hududda o‘tkazilmagan.
Yoshlarni ma’naviy boy va jismonan sog‘lom etib tarbiyalash, ularning bandligini ta’minlash, navqiron avlodni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish mahalla instituti faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan sanaladi. Lekin viloyatdagi mahallalar qoshida nechta to‘garak ochilgani va ularga qancha o‘g‘il-qizlar jalb etilgani haqida tayinli ma’lumot yo‘q.
Yig‘ilishda Mirzaobod tumanida fuqarolar yig‘inlari xodimlari hamda jamoatchilik tuzilmalari a’zolarining huquqiy madaniyatini oshirish, yangi qonun hujjatlari bilan yaqindan tanishib borishlarini ta’minlash maqsadida mahallalarda haftada bir marta “Ma’naviyat soatlari”ni joriy etish ahvoli qattiq tanqid qilindi.
Bundan tashqari viloyatda bevosita tegishli mahalla faoliyatiga daxldor aholi murojaatlari soni ham oshgan. Joylardagi MFY xodimlari o‘rtasida xizmat vakolati doirasidan chiqish, mansabiga sovuqqonlik bilan qarash, sansolorlikka yo‘l qo‘yish, murojaatlarga yuzaki yondashib, asoslantirilmagan javob xatlari bilan cheklanish holatlari uchrashi bor gap.
Tadbir asnosida mavjud kamchiliklarni bartaraf etishda, avvalo, kadrlarni tanlash va ularning malakasini, o‘z vazifasini vijdonan bajarish ko‘nikmalarini oshirish hayotiy zarurat ekani qayd etildi.
Manba: xs.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi