Prezidentimizning 2018 yil 22 yanvardagi “2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni yurtdoshlarimiz tomonidan katta mamnuniyat bilan kutib olindi.
Ushbu hujjat e’lon qilingandan buyon unda belgilangan vazifalar yuzasidan “Feysbuk”, “Tvitter”, “Instagram” va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab munosabatlar, fikr-mulohazalar bildirilmoqda.
Xabaringiz bor, Davlat dasturi loyihasi dastlab umumxalq muhokamasiga qo‘yildi. Mazkur jarayonda fuqarolardan 4,4 mingta takliflar hamda sharhlar kelib tushdi, ulardan ushbu hujjatni takomillashtirishda foydalanildi. Bu xususda ham xalqimiz o‘z munosabatini ifoda etdi. Jumladan, Azamat Yoqubov ismli yurtdoshimiz “Davlat dasturi muhokamaga qo‘yilgani zo‘r ish bo‘ldi. Odamlar befarq bo‘lmadi. O‘zim ham takliflarimni yozib yuborgan edim”, deya bayon qilgan. Abdulhay Muhammad esa “Prezidentimiz olamshumul hujjatni imzolabdilar! Umringiz uzoq bo‘lsin, tenglik va hurlik mamlakatimiz taraqqiyotiga xizmat qilsin!” deya yozadi.
Davlat dasturida tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirish bo‘yicha ikki yil muddatga moratoriy e’lon qilingani haqidagi band ham ko‘pchilikning diqqatini tortdi. Masalan, Rasulbek Obidovning ta’kidlashicha, “Bu hali boshlanishi. Xudo xohlasa, bizni qiynayotgan muammolar qolmaydi”. Toirjon Shukurov esa “Biz, tadbirkorlarni bemalol ishlaydigan davrimiz keldi. Tekshiruvchilarga endi ortiqcha sarf-xarajat qilib o‘tirmayman. Ajoyib!” degani ko‘pchilikning “layk”iga sabab bo‘lgan.
Aytish joizki, Davlat dasturida o‘z ifodasini topgan yangiliklardan biri, bu — vaqtincha yoki doimiy propiskasi bo‘lmagan yoxud turgan joyi bo‘yicha hisobda turmagan fuqarolarni ishga olishga doir taqiq bekor qilinishiga oid banddir. Shuningdek, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskasi bo‘lmagan fuqarolar ikkilamchi bozorda ko‘chmas mulk xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi ham muhim tashabbusdir. Unga millionlab fikrlar bildirilayapti.
Misol uchun, Berdiyor Mamadiyorov “Juda to‘g‘ri va ajoyib qaror, endi hamma teng huquqli bo‘ladi. Yaratgan Yurtboshimizni panohida asrasin!” deydi. Yoki Xayrullo Abdurahmonov ham shu mazmunda so‘z yuritib, xususan, shunday deydi: “Xalqimiz kutgan ish bo‘libdi! Endi doimiy propiskaga taqiq ham olib tashlansa, barcha o‘zbekistonliklar teng huquqli bo‘lar edi”. Sherzod Ubaydullayev esa “Va nihoyat. Bo‘lar ekan-ku!!!”, Muhiddin Abdurasulov “Zo‘r yangilik. Shukrlar bo‘lsin!” deya izoh qoldirgan. Azim Ahmedov “Toshkentda uyimiz bo‘la turib, o‘z nomimizga rasmiylashtirolmay yurgandik. Bu bizni juda o‘ylantirardi. Endi bu borada ham imkoniyat yaratib berilishini eshitib, boshimiz osmonga yetdi. Hammasi uchun rahmat!” deydi.
Gulnora Asrorovaning yozishicha, “Yurtboshimizning xalqchil ishlariga Alloh o‘zi madad va kuch-quvvat bersin. Sog‘-salomat bo‘lsinlar”. Oydin Umarova “Hayajonlanib ketyapman, iltimos, menga batafsilroq tushuntirib beringlar”, deydi.
Hujjatning ijtimoiy sohani rivojlantirish bo‘yicha bo‘limi fikr-mulohazalar ko‘pligi bilan ajralib turibdi. Nargiza Alyorova ismli foydalanuvchi “Iste’mol savatchasi” bo‘yicha ishlar boshlanganidan xursand bo‘ldim. Chunki oyliklarimiz bugungi kun talablariga to‘g‘ri kelishi kerak”, deydi. Umidbek Otayev “Rahmat, janob Prezident! Xalqimiz baxtiga sog‘-omon bo‘ling!” deya o‘z munosabatini bildirgan.
O. LUTFULLAYeV tayyorladi.
Manba: xs.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi