Foto:Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev islohotlarning joylardagi ijrosi, bunyodkorlik ishlari, ishlab chiqarish loyihalari bilan tanishish maqsadida 12 iyun kuni Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, Prezidentimiz 2017 yil 22-23 iyun kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida qurilish-bunyodkorlik ishlarini keng ko‘lamda davom ettirish, turizm, sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish va servis sohalarini jadal rivojlantirish, aholi uchun munosib turmush sharoiti yaratish yuzasidan tegishli topshiriqlar bergan edi. Mazkur topshiriqlar ijrosi doirasida viloyatda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Yangi sanoat korxonalari, tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etildi. Mahsulot ishlab chiqarish va eksport hajmi oshdi. Zamonaviy uy-joylar, infratuzilma ob’ektlari bunyod etildi.
Prezidentimiz navbatdagi tashrifi davomida yangi loyihalar bilan tanishishi, tadbirkor va investorlar hamda aholi vakillari bilan uchrashishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha galdagi muhim vazifalar belgilab olinadi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Global Janub kimniki?
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi