date
views 3 178

Kambag‘allarning umri nega qisqarmoqda?

Kambag‘allarning umri nega qisqarmoqda?
Kambag‘allik — bechoralikkina emas

O‘rtacha olganda qashshoqlar ko‘proq pul topadiganlarga qaraganda ko‘proq kasalga chalinadi va ertaroq olamdan o‘tadi, deb yozadi Finlyandiyaning Suomen Kuvalehti nashri. Bunday xulosalar Finlyandiyadagi ijtimoiy taraqqiyot va sog‘liqni saqlash muassasasi olib borgan bir qancha tadqiqotlar natijasida yuzaga keldi. Boylar va qashshoqlar yashash davri o‘rtasidagi farqlar erkaklar o‘rtasida 10,6 yilni, ayollar o‘rtasida 5,6 yilni tashkil qildi. Bu esa qashshoq erkaklar boy erkaklarga nisbatan shuncha yil kam yashashini anglatadi.

Tadqiqotlarga ko‘ra, Finlyandiya va Buyuk Britaniyadagi qashshoqlar boylarga nisbatan nosog‘lom ovqatlanadi, sport bilan kamroq shug‘ullanadi, spirtli ichimliklarni ko‘proq iste’mol qiladi va kashandalikka moyil. Bu hayot tarzidagi tafovutdir.

Moliyaviy qiyinchiliklar tug‘ilishi xavfi omilllari to‘planib, ota-onadan bolaga o‘tishi mumkin ekan. Fin tadqiqotchilarining aniqlashicha, ota-onalarning chalasavodligi va ishsizligi bolalarga ham o‘tar ekan. Buni tadqiqotchilar «qashshoqlik madaniyati» deb ham atadi.

AQSh, Buyuk Britaniya va Kanada olimlari Science nashrida tadqiqot natijalarini e’lon qildi va unda moliyaviy qiyinchilik miya faoliyatiga ham salbiy ta’sir qilishini jamoatchilikka bildirdi. Moliyaviy qiyinchiliklar miyani shunday qamrab oladiki, natijada boshqa ma’lumotlarni qabul qilish va fikrlash zarar ko‘radi, deb xulosalaydi olimlar.

Tirikchilik tashvishi va ahvolning yomonligi insonni ichidan yemirib boradi. Adrenalin va kortizol kabi stress gormonlari ko‘proq ishlab chiqariladi. Himoyasizlik hissi saqlanib turaversa, organizm doimo o‘zini xavfda deb biladi. Tunda ham organizm tiyrak bo‘ladi hamda bu apatiya va depressiyani keltirib chiqaradi. Doimiy stress miyadagi neyron aloqalarini qisqartiradi va bu mantiqiy fikrlashning sifatiga yomon ta’sir qiladi.

Doimiy stress immun tizimni holsizlantiradi va kasallikka chalinish ehtimolini oshiradi. Qon bosimi yuqorilaydi, yurak-qon tomir kasalliklari xavfi ortib boradi. Stress gormonlari metabolizmni ishdan chiqarib, semizlik va qand kasalligiga chalinishni keltirib chiqaradi.

Stressning uzoq davom etishi qarish jarayonini tezlashtiradi. Bu holat esa organizmga «tezroq yasha va yosh bo‘lib olamdan o‘t» instinktiv holatini paydo qiladi. Yosh ayollar tezroq farzand ko‘rish payida bo‘ladi, bu esa homila genlariga ta’sir qilib, aqli zaif bolalarning tug‘ilishiga olib keladi.

Birgina umid bor, u ham bo‘lsa millat genofondi bo‘lgan aholi haqida qayg‘urish uchun hukumat rahbarlarida siyosiy iroda, tengsizlikka qarshi kurash, aholi farovonligi haqida qayg‘urish.

Manba: Daryo.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kambag‘allarning umri nega qisqarmoqda?