date
views 3 432

Bank plastik kartalari: kiberfiribgarlik qurboni bo‘lmaslik uchun nima qilish kerak?

Bank plastik kartalari: kiberfiribgarlik qurboni bo‘lmaslik uchun nima qilish kerak?
So‘nggi paytlarda bank kartalari, mobil banking va Internet xizmatlari orqali pul o‘g‘irlash holatlari ko‘payib bormoqda. Oddiy holat, viloyatlardagi tuman va ayrim shaharlarda bankomatlar, asosan, bank binosi ichida joylashgan. Bunda bank xodimi bank kartangizni olib, "plastigingizni maydalab beradi", ya’ni kartani bankomatga kiritib, uni naqd pulga almashtirib beradi. Bu jarayonda bank xodimi sizdan bank karta parolini so‘raydi va siz uni aytasiz.

Pulni naqdlashtirish jarayoni biroz vaqt (taxminan 5-7 minut) oladi. "O‘z ishining ustasi" bu vaqt ichida karta ustidagi 16 xonali raqam, karta amal qilish muddati va karta parolini bilib oladi va o‘z-o‘zidan sizning kartangizni mobil banking xizmatiga ulab, bemalol pulingizni "shilaveradi". Bu kabi holatlarning oldini olish uchun, odamlarda moliyaviy savodxonlik bo‘lishi kerak. Quyida biz sizga shu kabi holatlarni va o‘shanday holarlarda qanday harakat qilishni ko‘rsatib o‘tamiz.

Tijorat saytlarida (kanallarida) mahsulot xarid qilish
Minglab odamlar elektron tijorat saytlari (Aliexpress.comga o‘xshagan) va telegram kanallarida mahsulotlarini sotishadi. Firibgarlar o‘zlarini boshqa shahardagi yoki davlatdagi mijoz sifatida ko‘rsatadilar. Ular pulni bank kartasi orqali o‘tqazmoqchi ekanligini va shuning uchun sizning bank rekvizitlaringizni so‘rashadi. Firibgarlar nafaqat bank karta raqamini, balki amal qilish muddati yoki CVV, CVC raqam (VISA, MasterCardda bo‘ladi bunaqa raqamlar)ni ham so‘rashadi. Kartangizda tranzaksiya qilingani haqida ma’lumotni bildiruvchi sms kelganda, u sizga pul kelib tushganini ko‘rsatmaydi. Aksincha, hisobingizdan pul yechilganini ko‘rsatadi.

Nima qilish kerak? Shaxsiy ma’lumotlaringiz va karta ma’lumotlaringizni begonalarga aytmang. Mablag‘ni o‘tkazish uchun faqat karta raqamini yoki hisob qaydnomasi biriktirilgan bo‘lsa telefon raqamini ko‘rsatish kifoya. Agar siz baribir firibgarlarga keraksiz ma’lumotlarni bergan bo‘lsangiz, shoshilinch ravishda bankingizga qo‘ng‘iroq qiling va kartangizni bloklang.


Begona odamlardan qo‘ng‘iroqlar
Sizga bankning raqamiga o‘xshaydigan 71-370, 78-711 kabi raqamlardan qo‘ng‘iroq qilishadi. Go‘shakning narigi tarafida turgan odam o‘zini bank xavfsizlik xizmati hodimi deb tanishtiradi. Hozir tizimda ayrim nosozliklar kuzatilayotgani va tizim qayta yuklanib, sizning pullaringiz saqlab qolinishi uchun bank karta raqamni to‘liq aytishingizni, mobil bankingga qo‘ygan parolingizni aytishingizni iltimos qilishadi. Sizdan shu kabi ma’lumotlar olingach, hisobingizdagi pullar, soniyalarda qumga tushgan suv kabi g‘oyib bo‘ladi.

Nima qilish kerak? Agar firibgar pasport ma’lumotlarinigizni bexato aytib bersa ham, u bank xizmatchisi bo‘lib qolmaydi. Aldanib qolmaslik uchun, o‘z bank filialingiz raqamini telefoningizga saqlab qo‘ying va shunaqa holatlarda ikkala raqamni solishtirib ko‘ring.

Rossiyaning Sberbanki agar shunaqa holatlar kuzatilsa, darhol trubkani qo‘yib qo‘yishni maslahat beradi. Chunki bankning haqiqiy xodimida telefonda so‘ralayotgan ma’lumotlar allaqachon mavjud.

Siz omadli odamsiz!

Aynan shunaqa SMSni firibgarlar jo‘natishadi. "Sizda 1300 $lik iPhone 11ni 1 $ga xarid qilish imkoniyati bor. Olish uchun ushbu havola (ssilka)ga kiring ". Shunday xabarga siz ham duch kelganmisiz? Agar duch kelmagan bo‘lsangiz, duch kelmang ham.

Siz ko‘rsatilgan havolaga kirsangiz, ro‘yxatda o‘tish talab qilinadigan fishing saytga kirasiz. U yerda ro‘yhatdan o‘tish asnosida siz bank karta raqamingiz, CVV raqamingiz, xalqaro to‘lov tizimlarida 3-D secure raqamlarni kiritishingiz so‘raladi. Siz ushbu ma’lumotlarni kiritasiz va pullar yo‘qola boshlaganini ko‘rasiz.

Nima qilish kerak? Avvalo, bunaqa onlayn lotareyalarga ishonmang hamda shaxsiy ma’lumotlaringiz har xil norasmiy, shubhali saytlarda qoldirmang.

Ijtimoiy tarmoqlardagi xayr-ehsonlar!
Hozirda xayriya maqsadlarida ochilgan turli xil telegram kanallar, instagram sahifalar mavjud. Ulardan ayrimlari (hammasi ham emas) soxta be’morlar yoki umuman bo‘lmagan odamlar uchun yig‘ilgan bo‘ladi. Bu kabi firibgarlar odamlarning rahmdillik instinktidan foydalanishadi va siz ularga ixtiyoriy pul o‘tkazib berasiz. Mana bu yerda shunga o‘xshash hodisa berilgan.

Nima qilish kerak? Xayr-ehson bilan shug‘ullanayotgan sayt, sahifa yoki kanal haqiqatdan ham ishonchlimi? Ayrim reputatsion saytlar, masalan kun.uz xayriya faoliyati bilan ham shug‘ullanadi. Yoki blogger Xushnudbek o‘z telegram sahifasida kontraktda o‘qiydigan va imkoniyati cheklangan talabalar uchun pul yig‘gan edi. Kun.uz yoki Xushnudbekning ko‘pchilik kuzatib borishi va ular firibgarlik qilmasligi uchun ular taklif qilgan hisob-raqamga xayriya maqsadlarida pul tashlasangiz bo‘ladi. Boshqa holatlarda ishonmang, iloji boricha.

Shuni narsani aytmoqchimangki, bank kartangizdagi pul ham, xuddi qog‘oz pulga o‘xshab, pul. Siz u oylikni, stipendiyani yoki pensiyani o‘sha kartaga tushirib olgansiz. Shu sababli u kartadan ehtiyot bo‘lib foydalanganingiz ma’qul. Iloji bo‘lsa, Internetga kirmaydigan, Telegram yoki Instagram akkaunt ochilmagan raqamni Click, Paymega ulagan ma’qul. O‘shanda kiberjinoyat xavfi bir muncha kamayadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bank plastik kartalari: kiberfiribgarlik qurboni bo‘lmaslik uchun nima qilish kerak?