
Mamlakatimizda koronavirus epidemiyasi tufayli e’lon qilingan karantinli kunlar moddiy ehtiyojmand oilalarga ayniqsa og‘ir sinovli kunlarni tuhfa qilmoqda. Biroq, yurtimizda sahovatpesha insonlar bor ekanki, hech bir oilani “muhtoj” atamasi bilan atash millatimiz uchun uyat hisoblanadi.
Bu jarayonda Majburiy ijro byurosi organlari xodimlari ham beparvolik bilan qarayotganliklari yo‘q.
Jumladan, Farg‘onada Byuro organlari xodimlari ko‘chama-ko‘cha yurib aholidan foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun to‘lovlarini to‘lashni talab qilayotganliklari yo‘q, aksincha joylarda kommunal to‘lovlarni to‘lash tugul, kunlik oziq-ovqati masalasini hal qila olmayotgan muhtoj oilalarni aniqlab ularga moddiy va ma’naviy ko‘mak berish yo‘lini tutmoqdalar.
Xususan, Byuroning Farg‘ona viloyati organlari tomonidan o‘tgan davrda 483 ta muhtoj oilalarning 99 mln. 409,1 ming so‘mlik moddiy masalalari hal etilgan bo‘lib, shundan 152 ta oilaning 37 mln. 355 ming so‘mlik elektr, 103 ta oilaning 27 mln. 474,1 ming so‘mlik, 82 ta oilaning 8 mln. 187 ming so‘mlik maishiy chiqindidan bo‘lgan qarzlari homiylik asosida bartaraf etilgan bo‘lsa, 146 ta oilaga 26 mln. 393 ming so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatilgan.
Masalan, shu kunlarda O‘zbekiston tumanida 7 ta muhtoj oilalar tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun 1 mln. 245,0 ming so‘mlik to‘lay olmayotganliklari aniqlanib, ushbu qarzlar nafaqat homiylik yordamida bartaraf etildi. Balki, ushbu ehtiyojmand oilalarga bo‘lim tomonidan umumiy qiymati 2 mln. so‘mlik maxsus oziq-ovqat mahsulotlari beminnat yetkazib berildi.
O‘zbekiston tumani, Elash qishlog‘ida yashovchi kam ta’minlangan Z.Ergashevani Majburiy ijro byurosi tomonidan 150 ming so‘mlik tabiiy gazdan qarzi to‘lab berilib, buning ustiga unga oziq-ovqat mahsulotlari bilan homiylik yordami ko‘rsatilganidan o‘zining ko‘z yoshlarini tiya olmadi va uzundan-uzoq duo qildi.
Hozirgi sinovli kunlarda duoga ochilgan qo‘llar og‘ir kunlarda tez kunlarda ortda qolib, yorug‘ kunlarga yetib olishimizga xizmat qiladi, deyilsa mubolag‘a bo‘lmas.
Beshariqda esa o‘nlab xonadonlar qatorida tumanning Yangiqishloq qishlog‘ida yashovchi J.Botirovaning boriga qanoat qilib, hattoki 1197 raqamga qo‘ng‘iroq qilishni o‘ziga uyat deb hisoblagan, aslida ehtiyojmand bo‘lgan oilaga Byuro xodimlarining bir qop un, go‘sht, shakar, yog‘ va boshqa mahsulotlar bilan tashrif buyurganliklari kutilmagan hol bo‘lgan bo‘lsa, Qoraqo‘yli qishlog‘ida yashovchi keksa otaxon A.Toshmatovning uyiga davlat inspektorining tashrifi sababli pensiya pulidan elektr energiyasi qarzi uchun to‘lamoqchi bo‘lgan 300 ming so‘m naqd pullar uning o‘ziga qaytarib berilib, qarzdorligi homiylik asosida to‘lab berilganligi uning uchun “haqiqiy sovg‘a” bo‘ldi deyish mumkin.
Yoki, Buvaydada shaxsan bo‘lim boshlig‘i tomonidan savob umidida tumanning Yashnarobod mahallasida yashovchi ro‘zg‘orini amal-taqal qilib kelayotgan Z.Nabiyevaning o‘tgan yildan buyon to‘planib kelgan tabiiy gazdan 1 mln. 120 ming so‘mlik qarzi to‘lab berilganligi tahsinga loyiq.
Karantinli kunlarda Farg‘onada MIB xodimlari tomonidan bunday xayrli tadbirlar bir kun ham to‘xtamaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar