Sankt-Peterburglik Yuliya Bogdanova Pskov viloyatidagi dala hovlisida yetishtirgan ulkan qovoqda daryo bo‘ylab rafting uyushtirdi. U bu noodatiy voqeani o‘zining VKontakte sahifasida e’lon qildi.
Ma’lum qilinishicha, Bogdanova bu sport turi bilan ikkinchi yil shug‘ullanmoqda. Bu safar u og‘irligi 221 kilogramm bo‘lgan va “Emelya” deb nomlangan ulkan qovoqni qayiq sifatida ishlatgan.
Ayol bu tadbirni “Qizil yelkanlar” deb atalgan shaxsiy bayrami deb atadi. “Bu bayramning asosiy ramzi — qizil yelkanli qayiq. Men Pskov viloyatidagi dachamda o‘z bayramimni shu tarzda o‘tkazishga qaror qildim”, — deb yozadi u.
Qizig‘i shundaki, 2024 yilda ham Bogdanova shunga o‘xshash tajriba o‘tkazgan — o‘shanda u 226 kilolik “Dunyasha” nomli qovoqda suv bo‘ylab sayr qilgan edi. “Orzu ro‘yobga chiqdi — qovoqda rafting!”, — deb yozgan u o‘shanda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!