date

Krishtianu Ronaldu 1000-golini qachon urishi taxmin qilindi

Krishtianu Ronaldu 1000-golini qachon urishi taxmin qilindi

Sky Sports nashri tahlilchilari Portugaliya yulduzi Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi 1000-golni qachon urishi mumkinligi bo‘yicha hisob-kitob qildi.

Mutaxassislar ma’lumotlariga ko‘ra, agar Ronaldu hozirgi gol urish sur’atini saqlab qolsa, u 2026-yil oktyabr oyiga kelib 1000-gol chegarasini bosib o‘tishi mumkin. Bu tahlilda futbolchining klub va milliy jamoa safidagi gollari, shuningdek, maydonga tushishi ehtimoli yuqori bo‘lgan o‘yinlar soni hisobga olingan.

Hozircha 40 yoshli portugaliyalik sardor faoliyati davomida 948 bor raqib darvozasini ishg‘ol etgan. Ulardan 143 tasi milliy jamoa safida, 805 tasi esa klublar tarkibida urilgan.

Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronalduning Saudiya Arabistonining “An Nasr” klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil yozigacha mo‘ljallangan. Bu vaqtgacha u rekordni yangilash uchun yetarli imkoniyatga ega.

Joriy mavsumda Ronaldu “An Nasr” safida 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urishga va 1 ta golli uzatma berishga muvaffaq bo‘lgan.

Sky Sports ekspertlari ta’kidlaganidek, Ronalduning bu natijasi uni tarixdagi eng sermahsul futbolchi sifatida yanada mustahkamlaydi. Ular fikricha, u nafaqat yoshiga qaramay yuqori formada o‘ynamoqda, balki professionallik va intizom jihatidan ham tengsiz namuna bo‘lib qolmoqda.

Tahlilchilarning fikricha, agar u jarohatsiz mavsumlarni o‘tkazsa va hozirgi darajasini saqlab qolsa, 1000 gollik tarixiy marraga yetishi haqiqiy ehtimol sifatida ko‘rilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Krishtianu Ronaldu 1000-golini qachon urishi taxmin qilindi