date

Zoir Jo‘raboev Germaniya klubi bilan shartnoma imzolash ostonasida

Zoir Jo‘raboev Germaniya klubi bilan shartnoma imzolash ostonasida

Tojikiston terma jamoasi va “So‘g‘diyona” jamoasi himoyachisi Zoir Jo‘raboev yaqin vaqtlarda Evropaga yo‘l olishi mumkin. Goal.tj xabar berishicha, 27 yoshli futbolchiga Germaniyaning Ikkinchi Bundesliga klubi — “Holshayn Kil” tomonidan rasmiy taklif kelib tushgan.

Manbaga ko‘ra, hozirda tomonlar o‘rtasida muzokaralar faol davom etmoqda. Futbolchining agentlari va nemis klubi shartnoma shartlarini muhokama qilmoqda. Agar kelishuv amalga oshsa, Jo‘raboev “2+1” tizimidagi shartnomani imzolaydi — ikki yillik asosiy kelishuv va bir yillik uzaytirish imkoniyati bilan.

Shartnoma 2026 yilning boshida kuchga kirishi kutilmoqda. Bu vaqtga qadar futbolchi “So‘g‘diyona” bilan mavsumni yakunlab, keyin Germaniyaga yo‘l oladi.

Ma’lumot uchun, Zoir Jo‘raboev joriy mavsumda “So‘g‘diyona” safida muhim o‘rin tutib, jamoa himoyasining yetakchi figuralaridan biriga aylangan. U nafaqat mahalliy chempionatda, balki xalqaro uchrashuvlarda ham o‘z barqaror o‘yini bilan ajralib turdi.

Nemis OAV yozishicha, “Holshayn” klubi qishki transfer oynasida himoya chizig‘ini mustahkamlashni rejalashtirmoqda va Jo‘raboev bu rejadagi ustuvor nomzodlardan biri hisoblanadi.

Tojikistonlik himoyachining Evropaga yo‘l olishi uning faoliyatida yangi bosqichni boshlashi mumkin. Mahalliy ekspertlar fikricha, bu transfer nafaqat futbolchining shaxsiy karerasi uchun, balki mintaqaviy futbol uchun ham muhim signal hisoblanadi — Markaziy Osiyo futbolchilariga Yevropa eshiklari tobora kengaymoqda.

“So‘g‘diyona” klubi bilan amaldagi bitim mavsum oxirida tugaydi. Agar kelishuv rasmiylashsa, Jo‘raboev yangi yildan Germaniyadagi yangi jamoasi safida faoliyat boshlaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Zoir Jo‘raboev Germaniya klubi bilan shartnoma imzolash ostonasida