21:15 / 03.02.2021
2 159

Koronavirusning «britancha» shtammi COVID-19’dan davolanganlarga yuqadimi? Ilk simptomlari qanaqa?

Koronavirusning «britancha» shtammi COVID-19’dan davolanganlarga yuqadimi? Ilk simptomlari qanaqa?
Foto: Getty Images
Koronavirus mutatsiyaga uchrab, yangi «britancha» shtammi dunyo bo‘ylab tarqalib bormoqda.

Birinchi ma’lumotlar:
2020 yil 19—20 dekabr kunlari COVID-19’ning yangi shtamm haqida gapira boshlandi. Britaniya shifokorlarning ta’kidlashicha, JSST sentabrda koronavirusning yangi shtammini aniqlagan. Britaniyalik shifokorlar uning birinchi alomatlarini oktabr oyida tasvirlab berishgan.

Infeksiyani yangi shtammi yuqumli deb hisoblanishi bilan ajralib turadi , shuningdek, tarqalish darajasi yuqori.

Virusning asosiy xavfi:
- Bolalar va o‘smirlarga yuqadi.
- COVID-19’ga qaraganda yuqumliroq. (ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra 70 foizga yuqori).
- Ichki organlarda asoratlar keltirib chiqarishi mumkin.

Kasallik belgilari:
- Avvalgidek tana haroratini ko‘tarilishi (hatto 39 dan oshishi mumkin, odatda 37,2-37,5 atrofida ushlab turiladi).
- Quruq yo‘tal, tomoqda qichishish.
- Bosh og‘rig‘i, hid bilishni o‘zgarishi.

Britaniya olimlari yangi shtammning qo‘shimcha belgilar haqida ma’lumot berishdi, bular :
- Mushaklarda og‘riq nisbatan kuchli, bemorlar hatto suyaklar og‘riyotganini ta’kidlashadi.
- Kuchli charchoq.
- Oyoqlarda mayda pufakchalar paydo bo‘lishi .
- Ba’zi bemorlarda eshitish qobiliyatining pasayishi.
- Kasallik to‘satdan rivojlanishi.
- Britaniya shtammi bolalarda ko‘proq yuqumliligi bilan ham ajralib turibdi.

Bolalardagi belgilar:
- Kuchli charchoq.
- Bolalar xulq-atvori o‘zgaradi, odamlarga aralashmay qo‘yadi.
- Bosh og‘rishi.
- Qornida og‘riq, ichi ketish holatlari kuzatiladi.
- Tomog‘ida og‘riq .
- Ishtahasi pasayishi.
- Tili yorqin qizil bo‘lishi, ba’zida shishi mumkin; lunji, kaftlar qizarishi.

Kasallikni kechish davri:
Kasallik kechish davri avvalgisiga o‘xshaydi. Lekin yuqumliligi kuchli bo‘lganligidan bemorlar soni, bir vaqtning o‘zida nisbatan ko‘proq bo‘lishi ehtimoli ko‘p.

Qayta yuqishi:
COVID-19 bo‘lib o‘tganlarga qayta yuqish-yuqmasligi to‘g‘risida hali ma’lumotlar aniq emas. Britaniya olimlarining fikricha, qayta yuqmaslik ehtimoli ko‘p. Mutatsiya virusning qobiq qismi oqsillarida ro‘y berganligi, bu uning asosan yuqumliligini oshirgan, antitanalar bunga qarshi yetarlicha kurash olib boradi, deb ta’kidlashmoqda.

Vaksinalarning ta’siri:
JSST va olimlarning ta’kidlashicha, «britancha» shtammga, qolaversa, boshqa mutatsiyalarga ham vaksinalar ta’siri ijobiy bo‘ladi. Boshidanoq virus mutatsiyasi vaksinalarni tez tayyorlashga to‘siq bo‘layotganligi ma’lum qilingan edi. Vaksinalar virus mutatsiyasini hisobga olib yaratilgan. Bu jarayon kuzatuvlarda o‘rganilmoqda va kamchiliklar bartaraf etilmoqda.

Profilaktika choralari:
Avvalgidek ehtiyot choralarni qo‘llash tavsiya etiladi: niqobdan foydalanish, qo‘l, og‘iz, burunni tez-tez yuvib turish. Dezinfeksiya suyuqliklaridan foydalanish va hokazo.

Shifokor Xurshid A’zamxo‘jayev tavsiyalari asosida tayyorlandi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirusning «britancha» shtammi COVID-19’dan davolanganlarga yuqadimi? Ilk simptomlari qanaqa?