date

Navoiyda sport maktabi hisobchisi 3 mln so‘m pora bilan ushlandi

Navoiyda sport maktabi hisobchisi 3 mln so‘m pora bilan ushlandi

Navoiy viloyatida bolalar va o‘smirlar sport maktabi rahbarlari pora bilan qo‘lga olindi. Davlat xavfsizlik xizmati ma’lumotiga ko‘ra, maktab direktori va bosh hisobchi o‘zaro til biriktirib, murabbiyga ajratilgan xizmat safari pullaridan “ulush” olishni rejalashtirgan.

Ular joriy yilning mart va may oylarida Toshkent viloyatida o‘tkazilgan para yengil atletika musobaqasida ishtirok etgan murabbiyga to‘lanishi kerak bo‘lgan 40 million so‘mdan ortiq xizmat safari pullarini to‘lab berish evaziga 40 foiz — 16 million so‘mni o‘zlariga olishni talab qilishgan.

Shundan so‘ng, bosh hisobchi murabbiyning kartasiga 10 million so‘m o‘tkazib, undan 3 million so‘mni pora sifatida olayotgan paytda DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Hozirda ushbu shaxslar haqida Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, tergov ishlari davom etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Navoiyda sport maktabi hisobchisi 3 mln so‘m pora bilan ushlandi