
Davlat xavfsizlik xizmati matbuot xizmatining xabar berishicha, Navoiy viloyatida sport maktabi rahbariyatining korrupsion faoliyati fosh etildi. DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Navoiy viloyatidagi bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktori hamda bosh buxgalterining qonunbuzarliklari aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, ular maktab murabbiylaridan xizmat safariga chiqishlari uchun ajratilgan safar xarajatlarining ma’lum bir qismini qaytarishlarini talab qilgan. Natijada, joriy yilning mart va may oylarida Toshkent viloyatida bo‘lib o‘tgan musobaqalar uchun yengil atletika jamoasi murabbiyidan jami 40 million 722 ming so‘m safar xarajatlaridan 16 million so‘mni pora sifatida talab qilgan.
Murabbiy musobaqaga 8 nafar sportchini olib borgan edi. Ushbu sxemani amalga oshirish jarayonida bosh buxgalter murabbiyga bank kartasi orqali 10 million so‘m o‘tkazgan va undan 3 million so‘mni naqd pulda qaytarib olgan.
Ushbu jinoyat faoliyati to‘liq fosh etildi. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining «Pora olish» moddasiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bu modda bo‘yicha aybdorlarni 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi kutmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar