«Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi Qonun (O‘RQ-677-son, 26.02.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi. Qonunga ko‘ra, Moliya vazirligi auditorlik faoliyati sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi.
Auditor sifatida malaka sertifikatiga ega bo‘lgan shaxslar faoliyat yuritishi mumkin.
Moliya vazirligi saytida auditorlik faoliyatiga oid ma’lumotlar, auditorlik faoliyatining standartlari joylashtirilishi lozim.
Banklar va boshqa kredit tashkilotlarida auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishida Markaziy bank mas’ul organ hisoblanadi.
Auditorlar jamoat birlashmalari ularning malaka imtihonlarini o‘tkazishda va test sinovlarini tuzishda ishtirok etish huquqiga ega.
Auditorlik faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Auditor o‘zi ishlaydigan faqat bitta tashkilot muassisi bo‘lishi mumkin. Auditorlik sertifikati Moliya vazirligi tomonidan beriladi.
Sertifikat olish uchun talabgor oliy ma’lumotli va oxirgi 10 yildan 3 yil buxgalteriya va audit sohasida yoki OTMda ishlagan bo‘lishi kerak.
Sertifikat uchun arizalar 3 ish kunida ko‘rib chiqiladi hamda malaka imtihoni topshirish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Shuningdek, Qonun bilan auditorlik tashkilotining maqomi ham belgilandi. Jumladan, auditorlik tashkiloti o‘zi haqidagi ma’lumotlar reyestrga kiritilganidan faoliyat yuritish huquqiga ega.
Auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvlari va turdosh xizmatlarni ko‘rsatadi. Qonun rasmiy e’lon qilinganidan 3 oy o‘tgach kuchga kiradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi
Tojikiston Rossiyaga jiddiy norozilik bildirdi
Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi
Sudyalar oliy kengashi «Jo‘rayevlar ishi»da tomonlarni turli xil bayonot berishdan tiyilishga chaqirdi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi
Sirskiy Rossiya Donetsk oblastida taktik yutuqlarga erishayotgani haqida gapirdi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti