Fuqarolik ishlari bo‘yicha Marg‘ilon tumanlararo sudining 25.01.2019 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor F.Xodjiboyevdan ikki nafar farzandi moddiy ta’minoti uchun N.Ibragimova foydasiga aliment undirish belgilangan.
Majburiy ijro byurosi Marg‘ilon shahar bo‘limi ish yurituvidagi mazkur ijro hujjati bo‘yicha qarzdor F.Xodjiboyev 2019 yil may oyida Rossiya davlatiga ishlash uchun ketganligi sababli uning oila a’zolari bilan 25 oylik 27,6 mln. so‘m aliment pulini to‘lanishi lozimligi haqida bir necha marotaba profilaktik suhbatlar olib borilgan, biroq bu kutilgan natijani bermagan.
Shundan so‘ng, qarzdor bilan onlayn videoaloqa orqali profilaktik suhbat o‘tkazilib, qonun talablari tushuntirilgandan so‘ng joriy yilning 6 may kuni Rossiyadan 25 oy uchun hisoblangan 27 mln. 696 ming so‘m aliment pulini yuborgan.
Byuroning Marg‘ilon shahar bo‘limida F.Xodjiboyevning ishonchli vakili tomonidan topshirilgan aliment puli tegishli hujjatlar rasmiylashtirgan holda undiruvchi N.Ibragimovaga to‘liq topshirilishi ta’minlandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi?
Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda
Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi