
Foto: Adliya vazirligi
Loyihaga ko‘ra, qonunchilik hujjatlari loyihalarini “korrupsiyadan holi qonunchilik” tamoyili asosida ishlab chiqish va quyidagilarni nazarda tutuvchi korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish tartibi joriy etilmoqda:
➖ amaldagi 21 mingdan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar 2022 — 2026 yillarda to‘liq korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkaziladi;
➖ jismoniy shaxslar — mustaqil ekspertlarga korrupsiyaga qarshi ilmiy hamda mustaqil ekspertizadan o‘tkazish huquqi beriladi;
➖ ilmiy, oliy ta’lim tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlari uchun korrupsiyaga qarshi ekspertiza bo‘yicha grantlar e’lon qilinadi;
➖ korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tazilmagan qonunchilik hujjatlari loyihalari Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiquvchiga qaytariladi;
➖ qonunchilik hujjatlaridagi korrupsiyaviy omillar tegishli davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini baholashning asosiy mezonlaridan biri etib belgilanadi.
Loyiha bilan quyidagilarni tasdiqlash nazarda tutilmoqda:
➖ qurilish, sog‘liqni saqlash, oliy ta’lim va davlat xaridlari sohalaridagi qonunchilik hujjatlaridagi korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”;
➖ 2021 yilda amaldagi qonunchilik hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish rejasi (bundan buyon har yili shunday reja tasdiqlanadi);
➖ 2022 — 2026 yillarda amaldagi qonunchilik hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish reja-grafigi;
➖ davlat organlari va tashkilotlarining qonunchilik hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish faoliyatini baholash mezonlari. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar