date

YouTube Trampga 24,5 mln dollar to‘laydi

YouTube Trampga 24,5 mln dollar to‘laydi

CNN tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, YouTube AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp bilan bo‘lgan sud da’vosini katta miqdordagi to‘lov orqali yakunlashga kelishdi. Tramp 2021-yil 6-yanvarda sodir bo‘lgan voqealardan keyin qator ijtimoiy tarmoqlarda, jumladan YouTube platformasida ham bloklangan edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya Tramp tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Trust for the National Mall nodavlat tashkilotiga 22 million dollar ajratadi. Bu tashkilot Vashingtondagi National Mall maydonini qayta tiklash va Oq Uy hududida maxsus zal qurilishini qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, YouTube yana 2,5 million dollarni boshqa da’vogarlarga, jumladan American Conservative Union tashkilotiga to‘laydi.

Eslatib o‘tamiz, YouTube Tramp sudga bergan uchta yirik ijtimoiy tarmoqdan oxirgisi bo‘lgan. Avvalroq Meta korporatsiyasi yanvar oyida 25 million dollar to‘lab, nizoni hal qilgan, Twitter (hozirgi X) esa fevral oyida 10 million dollarlik kelishuvga erishgan edi.

Ijtimoiy tarmoqlar Trampning ayrim postlari zo‘ravonlikka chorlashi mumkinligini bildirib, uning akkauntlarini bloklagan bo‘lsalar-da, hozirda texnologik kompaniyalar unga va uning tarafdorlariga nisbatan nisbatan iliqroq munosabatda bo‘lishmoqda.

Xususan, Elon Mask Twitter’ni sotib olgach, Tramp hisobini tikladi. Keyinchalik Meta va YouTube ham shunday yo‘l tutdi. Yaqinda YouTube noto‘g‘ri ma’lumot tarqatgani uchun bloklangan ayrim hisoblarni qayta faollashtirishini e’lon qilib, konservativ fikrlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishini bildirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » YouTube Trampga 24,5 mln dollar to‘laydi