date

Turkiyada qidiruvda bo‘lgan 3 nafar o‘zbekistonlik deportatsiya qilindi

Turkiyada qidiruvda bo‘lgan 3 nafar o‘zbekistonlik deportatsiya qilindi

Turkiyada xalqaro qidiruvda bo‘lgan 3 nafar o‘zbekistonlik mamlakatga qaytarildi, deb Kursiv Media Istanbuldagi Bosh konsullikka asoslanib xabar berdi. Bu chora O‘zbekiston va Turkiya IIVlari hamkorligida amalga oshirildi.

Qaytarilganlar orasida firibgarlikda ayblanayotgan bir ayol hamda soliq to‘lashdan bo‘yin tovlagan va bojxona qoidalarini buzganlikda gumon qilinayotgan ikki erkak mavjud.

Firibgarlikdan jabrlangan fuqarolarga O‘zbekiston IIV, uning hududiy bo‘linmalari yoki Istanbuldagi Bosh konsullikka murojaat qilish tavsiya etildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Turkiyada qidiruvda bo‘lgan 3 nafar o‘zbekistonlik deportatsiya qilindi