30 sentyabr kuni Toshkent havosida mayda PM2.5 zarrachalari miqdori 40 mkg/m³ ni tashkil qildi. Bu Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tavsiya qilgan me’yordan 8 barobar yuqori ekanligi IQAir ma’lumotlarida qayd etilgan.
Soat 08:00 holatiga ko‘ra, shahardagi ozon va PM10 ifloslantiruvchi moddalar miqdori ruxsat etilgan chegaraviy me’yordan oshmagan. Biroq, PM2.5 zarrachalari konsentratsiyasi JSST belgilagan me’yordandan ancha yuqori bo‘lib, havo sifati zaif guruhlar uchun zararli deb baholanmoqda.
Shu bilan birga, Toshkent dunyoning eng iflos shaharlari reytingida yetakchi o‘ntalikdan joy oldi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hali ham havo sifati bo‘yicha JSST me’yorlariga to‘liq mos keladigan davlatlar ro‘yxatiga kiritilmagan. Bu ma’lumot Shveytsariyaning IQAir kompaniyasi tomonidan tayyorlangan 2024 yil hisobotida berilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!