date

Xitoyda myanmalik nufuzli oilaning 11 a’zosi qatlga hukm qilindi

Xitoyda myanmalik nufuzli oilaning 11 a’zosi qatlga hukm qilindi

Associated Press tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, Xitoyning Venchjou oraliq xalq sudi Myanmaning Kokkang shahridagi obro‘li Min oilasiga oid 11 nafar shaxsni o‘lim jazosiga hukm etdi. Ushbu oila va ularning sheriklari noqonuniy qimor tashkiloti orqali yirik miqyosdagi firibgarlik bilan shug‘ullanganlikda va odam o‘ldirish holatlariga aloqadorlikda aybdor deb topildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, oila 1,4 milliard dollardan ziyod noqonuniy mablag‘ aylanmasiga egalik qilgan. Shuningdek, ular “buyruqqa bo‘ysunmagan xodimlar”ni yo‘q qilish orqali o‘z jinoiy sindikatida intizom o‘rnatib kelgan.

Sud hukmiga ko‘ra, yana besh nafar ayblanuvchiga ikki yillik shartli ravishda qatl jazosi tayinlandi. Xitoy qonunchiligida bunday jazo ko‘p hollarda umrbod qamoq bilan almashtiriladi. Shu bilan birga, yana 12 nafar shaxs besh yildan yigirma to‘rt yilgacha ozodlikdan mahrum etildi.

Tahlilchilarning ta’kidlashicha, bu hodisa Xitoy hukumati noqonuniy onlayn qimor va transmilliy firibgarlikka qarshi kurashda keskin choralar qo‘llayotganidan dalolat beradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda myanmalik nufuzli oilaning 11 a’zosi qatlga hukm qilindi