21:11 / 18.10.2021
1 638

Ko‘p qavatli uylarning «podval»larida biznes qilishga ruxsat berildi

Ko‘p qavatli uylarning «podval»larida biznes qilishga ruxsat berildi
Hukumat qaror bilan Ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasidan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Nizomga ko‘ra, yerto‘ladan foydalanish ko‘p kvartirali uydagi joylar mulkdorlarining roziligiga asosan amalga oshiriladi.

Yerto‘ladan joylar faqat yerto‘lada shug‘ullanilishi mumkin bo‘lgan quyidagi faoliyat turlarini amalga oshirish uchun beriladi:
- oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan savdo qilish (do‘konlar, kioskalar, do‘konchalar va boshqalar);
- maishiy xizmat ko‘rsatish (sartaroshxona, poyabzal tikish va ta’mirlash, optika, soat sozlash ustaxonalari, tikuvchilik va kashtachilik, atele);
- umumiy ovqatlanish (restoranlar, kafe, kafeteriylar, muzqaymoq va chanqovbosdi ichimliklar barlari, gazakxonalar);
- bank xizmatlari ko‘rsatish (banklarning bo‘limlari va valyuta almashtirish punktlari);
- aloqa xizmatlari ko‘rsatish (pochta bo‘limi) va kurerlik faoliyati;
- gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan savdo qilish;
- bijuteriya va jevaklarni tayyorlash va ta’mirlash;
- gulchambarlar, sun’iy gullar va gul marjonlarini tayyorlash;
- rassomlik va haykaltaroshlik;
- xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlarning ofislari hamda idoralari;
- video va fotosuratga olish, kompyuter xizmatlari;
- tarjima va tahrir xizmatlari;
- dizayn, chizmachilik-grafika xizmatlari;
- kiyim-kechak va idishlarni ijaraga berish xizmati;
- rieltorlik faoliyati;
- gazlamalarga naqshlar solish, trafaretli bosma va qo‘lda rasm chizish xizmatlari;
- jismoniy tarbiya va sport muassasalari faoliyati;
- davlat tashkilotlarini joylashtirish;
- sug‘urta tashkilotlarini joylashtirish.

Mazkur faoliyat turlarini yong‘inga qarshi va texnik shartlarning minimal talablari asosida tashkil etishga ruxsat beriladi.
Yerto‘ladan foydalanganlik uchun to‘lanadigan ijara to‘lovlarining eng kam miqdorlari tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.

Ijara to‘lovlari ushbu ko‘p kvartirali uyning umumiy mol-mulkini saqlash xarajatlariga yo‘naltiriladi.
Yerto‘ladan foydalanuvchi tomonidan uni boshqa shaxslarga sotish, hadya etish, garovga qo‘yish va ijaraga berishga yo‘l qo‘yilmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ko‘p qavatli uylarning «podval»larida biznes qilishga ruxsat berildi