2026 yildan chiqindi to‘lovlari faqat onlayn tarzda bo‘ladi

1 daqiqa o'qish433
2026 yildan chiqindi to‘lovlari faqat onlayn tarzda bo‘ladi

O‘zbekistonda 2026 yil 1 yanvardan maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari uchun to‘lovlar faqat onlayn shaklda amalga oshiriladi, deb xabar berdi Chiqindilarni boshqarish agentligi.

Yangi tartib jismoniy va yuridik shaxslarni qamrab oladi hamda mamlakat bo‘ylab sanitariya korxonalari orqali joriy etiladi.

Agentlik ma’lumoticha, islohot aholiga qulay to‘lov imkoniyatlarini yaratish, hisob-kitoblarda shaffoflikni ta’minlash va korrupsiya holatlariga chek qo‘yishni maqsad qiladi.

Endilikda chiqindi xizmatlari uchun to‘lovlar “Toza makon” billing tizimi yoki elektron to‘lov platformalari orqali amalga oshiriladi. Internet mavjud bo‘lmagan hududlarda esa tijorat banklari kassalari va “O‘zbekiston pochtasi” bo‘limlari orqali to‘lov qilish imkoni saqlanib qoladi.

Shuningdek, qarzdorlik mavjud bo‘lgan hollarda elektr energiyasi uchun to‘lovlarni qabul qilish vaqtincha to‘xtatilishi mumkinligi eslatib o‘tildi.

Mutasaddilarning ta’kidlashicha, tizim to‘liq ishga tushgach, chiqindilarni yig‘ish va to‘lovlar bo‘yicha barcha ma’lumotlar yagona onlayn baza orqali kuzatib boriladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?