Prezident Mirziyoyev Qatar tashrifini yakunlab, Vashingtonga jo‘nab ketdi

1 daqiqa o'qish423
Prezident Mirziyoyev Qatar tashrifini yakunlab, Vashingtonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatardagi amaliy tashrifini yakunlab, AQSHga jo‘nab ketdi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.

Doha shahrida davlat rahbari Ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha ikkinchi jahon sammitida ishtirok etib, barqaror ijtimoiy taraqqiyot va global sheriklikni mustahkamlash bo‘yicha qator tashabbuslarni ilgari surdi. Shuningdek, Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Shayx Hamad xalqaro aeroportida Prezidentni Qatar Bosh vazir o‘rinbosari va mudofaa vaziri Shayx Saud bin Abdurahmon Ol Soniy kuzatib qo‘ydi.

Prezident Mirziyoyev Qatar tashrifini yakunlab, Vashingtonga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev AQSH prezidenti Donald Tramp taklifiga binoan Vashington shahrida bo‘lib o‘tadigan “C5+1” formatidagi sammitda ishtirok etadi.

Tashrif doirasida AQSH prezidenti, Kongress vakillari hamda vazirlik rahbarlari bilan uchrashuvlar belgilangan. Suhbatlarda savdo, investitsiya, insonparvarlik va mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

Shuningdek, ishbilarmonlik tadbirlari doirasida AQSHning yirik kompaniya va moliya institutlari bilan muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Tashrif yakunida bir qator ikki va ko‘p tomonlama hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?