Xitoyda uchar avtomobillar ishlab chiqarilishi boshlandi

1 daqiqa o'qish1.6K
Xitoyda uchar avtomobillar ishlab chiqarilishi boshlandi

Xitoyning XPeng kompaniyasi dunyodagi ilk “aqlli zavod”da vertikal uchish va qo‘nishga qodir uchuvchi avtomobillarni ommaviy ishlab chiqarishni boshladi, deb xabar berdi “Sinxua”.

Ma’lumotlarga ko‘ra, zavod mamlakatning janubida joylashgan bo‘lib, u Land Aircraft Carrier deb nomlangan gibrid transport vositasini ishlab chiqarmoqda. U yerda olti g‘ildirakli avtomobil va undan ajraladigan elektr uchish moduli yig‘iladi.

Korxona yiliga 10 mingta uchish apparati ishlab chiqarish quvvatiga ega, hozircha esa 5 mingta mahsulot sinov asosida tayyorlanmoqda. To‘liq ishga tushgach, har yarim soatda bittadan apparat tayyor bo‘ladi.

XPeng ma’lumoticha, kompaniya allaqachon 5 mingga yaqin buyurtma olgan va ommaviy yetkazib berish 2026 yilda boshlanadi.

Uchuvchi avtomobil avtomatik va qo‘lda boshqarish rejimiga ega bo‘lib, bir tugmada uchish va qo‘nishni amalga oshira oladi. Uning uzunligi taxminan 5,5 metrni tashkil etadi va oddiy haydovchilik guvohnomasi bilan yo‘lda harakatlanishi mumkin.

Muttaxassislar ta’kidlashicha, bu texnologiya shaharlar orasida tez, ekologik va xavfsiz harakatlanishning yangi davrini boshlab berishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?