O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev 19 oktabr kuni Toshkent shahridagi saylovchilar bilan uchrashuvda har bir mahalladagi obodonlashtirish dasturlari uchun 2 milliard so‘mdan ajratilgani o‘z samarasini berayotganini ma’lum qildi, deb xabar beradi «Daryo».
«Har bir mahallaga 2 milliard so‘m berilgani, mablag‘larni jamoatchilik takliflari va ularning bevosita nazorati ostida sarflanayotgani o‘z samarasini berdi», — deydi davlat rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu tajriba tizimli davom ettirilib, ajratilayotgan mablag‘lar yanada ko‘paytiriladi.
«Buning uchun, 575 ta mahallani rivojlantirish bo‘yicha shahar hokimligi qoshida alohida jamg‘arma tashkil etiladi hamda har bir mahallaga 10 milliard so‘mdan ajratiladi. Bu shahar bo‘yicha qariyb 600 million dollar mablag‘ deganidir», — deya ta’kidlaydi Shavkat Mirziyoyev.
Qayd etilishicha, ushbu mablag‘larning 5 milliard so‘mi aholi takliflari asosida, ochiq va shaffof «Fuqarolar budjeti» tizimidan foydalanib, eng dolzarb bo‘lgan ijtimoiy va kommunal loyihalarga sarflanadi.
«Yana 5 milliard so‘mi esa, mahallada bandlikni ta’minlash, kichik va oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. Ushbu mablag‘dan samarali foydalanishga yangi ish boshlaydigan hokim yordamchilari mas’ul bo‘ladi», — deydi davlat rahbari.
Shuningdek, Toshkent shahri hokimligida Poytaxt iqtisodiyoti va urbanizatsiya masalalari bilan tizimli shug‘ullanadigan ilmiy markaz ochiladi. Ushbu markaz aholi orasida doimiy so‘rovlar o‘tkazib, mavjud muammolarning ilmiy yechimlarini ishlab chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning aprel oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Yashnobod tumaniga tashrifi davomida hududdagi «Parvoz» MFYda ham bo‘lib, mahalla faollari va nuroniylar bilan muloqotda poytaxtdagi har bir mahallaga obodonlashtirish uchun o‘rtacha 2 milliard so‘mdan mablag‘ ajratilishini ta’kidlagan edi.
Iyun oyida «Gazeta.uz» aholi obodonlashtirish ishlari vaqtida nimalar bilan to‘qnash kelgani haqida yozgan edi: gulzorlarning buzib tashlanishi, hovlilarning avtoturargoh uchun maydon qilingani, avvallari yashil hudud bo‘lgan joylarni va bolalar maydonchalarining betonlashtirilishi, shuningdek, hamma joyda aksariyat holatlarda mantiqsiz ravishda baland qizil-kul rang bordyurlarning qo‘yilishi. Ko‘p hollarda obodonlashtirish ishlari aholi bilan maslahatlashuvlarsiz va mablag‘larni muhimroq ehtiyojlarga yo‘naltirish bo‘yicha ularning iltimoslarini inobatga olmagan holda amalga oshirilmoqda.
Toshkentda bordyurlarni o‘rnatishga qancha pul sarflangani, shuningdek, Shavkat Mirziyoyevning so‘zlaridan so‘ng obodonlashtirish uchun qilingan ishlar bo‘yicha tekshiruv o‘tkaziladimi, aniq emas. Poytaxt mahallalarida baland bordyurlarni o‘rnatish hozir ham davom etmoqda.
Avgust oyida deputat Nodir Abduvaliyev Toshkent aholisi bekordan-bekorga mahallalarni obodonlashtirish bo‘yicha shikoyat qilmayotganliklarini ta’kidlagan edi. Uning fikriga ko‘ra, ayrim hollarda qurilish ishlaridan so‘ng «joylar o‘zining qulayligidan mahrum bo‘lyapti». «Bu mahalliy ijro hokimiyati organlari o‘rtasida o‘zaro muloqot, ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha tizimning yo‘qligini ko‘rsatadi», — deb hisoblaydi u. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?