Mirziyoyev Bryusselga yo‘l oldi: Yevropa bilan yangi bosqich boshlanadi

1 daqiqa o'qish445
Mirziyoyev Bryusselga yo‘l oldi: Yevropa bilan yangi bosqich boshlanadi

Ertaga, 23 oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Belgiya poytaxti Bryusselga yo‘l oladi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tashrif Yevropa kengashi raisi Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayenning taklifiga binoan amalga oshiriladi.

Prezident Mirziyoyev Bryusselda Yevropa Ittifoqining yetakchi institutlari rahbarlari bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan. Uchrashuvlarda Samarqanddagi so‘nggi sammitda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, shuningdek, savdo, investitsiya, innovatsiya, energetika va fan-ta’lim sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama etiladi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi yangi bitimni imzolash ham kutilmoqda.

Shuningdek, Prezident Mirziyoyev Belgiya rahbariyati bilan uchrashib, Yevropa kompaniyalari va banklari rahbarlari bilan sanoat va texnologiya sohasidagi qo‘shma loyihalarni muhokama qiladi.

Davlat rahbarining matbuot xizmati ma’lum qilishicha, mazkur tashrif O‘zbekistonning Yevropa bilan munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?