"Nottingem Forest" markaziy yarim himoyachisi Elliot Anderson "Manchester Yunayted" jamoasiga o‘tishi mumkin. Euro-football.ru yozishicha, bu transfer ehtimoli "Brayton" futbolchisi Karlos Baleba bilan kelishuv amalga oshmagach, yanada oshgan.
"Manchester Yunayted" Anderson uchun kurashga qo‘shilsa, "Manchester Siti" va "Chelsi" bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi. "Nottingham Forest" hozircha o‘z futbolchisini saqlab qolishni istaydi va uni Angliyaning eng iqtidorli yoshlaridan biri deb hisoblaydi.
Klub Anderson narxini 86 million yevro atrofida baholamoqda. 22 yoshli Anderson joriy mavsumda barcha musobaqalarda o‘n uchrashuvda maydonga tushdi va bir golga uzatma berdi.
Shu bilan birga, "Nyukasl" klubi ham moliyaviy muammolar sabab sotilgan futbolchisini qaytarib olishga tayyor ekani aytilmoqda. Andersonning kelajagi hozircha aniq emas, biroq unga bir nechta top-klublar qiziqish bildirmoqda.
Yozgi transfer oynasida u bilan bog‘liq yangiliklar ko‘payishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!