09:39 / 26.10.2021
2 117

Mulohazalar. Karim Bahriyev

Mulohazalar. Karim Bahriyev
Agar shunday davom etsa, biz uni (davlatni) o‘zimiz nafas olib turgan havo uchun ham maqtay boshlaymiz.
*
Endi sen Moskovga pul tashimaysan,
Endi sen ... Toshkentga tashiysan pora.
*
O‘zbekistonda uyushgan jinoyatchilik sezilmaydi, chunki u bu yerda yaxshi uyushtirilgan.
*
Tarixda hech qaysi bir prezident (xon, podshoh, monarx) bir o‘zi byurokratiyani jilovlay olmagan. Minglab amaldorlarning mahobatli organizmi yashab kelmoqda va u o‘zining ichki qoidalariga ko‘ra ko‘payib bormoqda. Jahon tarixi va tajribasi shuni ko‘rsatyaptiki, amaldorlarning sulolasi va byurokratiyasiga faqatgina fuqarolik jamiyati va uning institutlari – haqqoniy va ozod saylangan parlament, mustaqil sudlar, mustaqil OAV, mustaqil kasaba uyushmalari, muxolif partiyalar, mahalliy boshqaruv organlari qarshi tura oladi. Jamoat institutlari, shu jumladan, mustaqil OAV mavjud bo‘lishiga yo‘l qo‘ymagan boshqaruvchi o‘zini byurokratiya asiriga aylantiradi va uning izmida bo‘ladi, demakki, xalq manfaatlarini himoya qilish qobiliyatiga ega bo‘lmaydi.
*
Iqtisodiyot erkin bozor qonuniyatlari asosida rivojlanishi kerak. «Dirijor boshqaradigan» iqtisodiyot bo‘lmaydi. «Dirijor boshqaradigan» iqtisodiyotda faqat «dirijorlar» yaxshi yashashadi, ya’ni o‘z manfaati yo‘lida o‘yin qoidalarini hamisha o‘zgartiradigan va o‘rnatadigan amaldorlar. «Boshqariladigan demokratiya»da esa faqat boshqaruvchilarning o‘zlari yaxshi yashashadi.
*
Hazrat Navoiy ham yozganlar: “Farovonlik adolat bor yerda bo‘ladi”. So‘z erkinligi adolatning ajralmas qismi va asosi hisoblanadi. Amir Temur qilichida “Rosti rusti”, ya’ni “Kuch – haqiqatda” deb yozilgan, xato taxmin qilishlaricha “Kuch – adolatda” deb emas. Endi e’tibor bering: so‘z erkinligi va demokratiya o‘rnatilgan davlatlar – Yaponiya, AQSH, Koreya, Yevropa davlatlari boy va farovondir. Vaholanki, ularning hammasi ham mislsiz yerosti va yerusti boyliklariga ega emas. Neft, bitmas-tuganmas yerosti boyliklari bor, boshqa mintaqalarga nisbatan yaxshi bo‘lgan iqlimga, mehnatkash xalqqa ega, biroq so‘z erkinligi va demokratiya bo‘lmagan davlatlar esa kambag‘al. Bu kabi davlatlarga misol qilib men Iroq, Suriya, Afg‘oniston, Turkmaniston, Tojikiston, O‘zbekiston va boshqalarni ko‘rsatgan bo‘lardim.
*
Senzura mavjud, tashqi va o‘zimizning ichimizda ham.
*
Omon qolganim uchun xijolatdaman. Avvalo bu Yaratganning irodasi. U men ko‘p bor qaltis harakatlanayotganimni ko‘rgan va har safar saqlab qolgan.
*
Uning (“HURRIYAT” gazetasi) birinchi soni chop etilgach, davlat Matbuot qo‘mitasi raisi Rustam Shog‘ulomov meni o‘z huzuriga “gilam ustiga” chaqirgan. Ikkinchi sondan keyin bosh vazir o‘rinbosari Alisher Azizxo‘jayev oldiga chaqirib bo‘ralab so‘kkan. Uchinchi sondan keyin davlat rahbarining maslahatchisi chaqirtirgan. To‘rtinchi sondan keyin eng “yuqori”ga chaqirishgan. Beshinchi sondan keyin gazeta chiqishi to‘xtatilgan.
*
“O‘z familiyamni yolg‘on chop etilgan gazeta tagida ko‘ra olmayman”.
*
Men blogerglarga juda yaxshi munosabatdaman, hatto mamlakat kelajagiga bo‘lgan umidlarimni ular bilan bog‘layman. Ular ham shu mamlakatda yashashadi va hozircha ruxsat etilganning chegaralaridan chiqishganicha yo‘q. Blogerlar – jurnalistikaning bir qismi, buning ustiga zamonaviy va yangi qismi, lekin keksa jurnalistikaning barcha “bolalarcha kasalligi” ularga xos. Birdamlik, birodarlik, hamfikrlilik yo‘q (!)
*
Bizning matbuotimiz oldinga – juda uzoq masofalarga qadam bosib o‘tdi. Internet va yangi texnologiyalar bu jarayonga yangi to‘lqinni olib keldi. O‘zbekistonning davlat OAV o‘zgarishlarga layoqatli emasliklari ma’lum bo‘lib qoldi, ammo mustaqil saytlar va boshqa elektron OAV ancha progressiv. Biroq ularning barchasini demokratik mamlakatlar matbuoti bilan taqqoslaganda, hali mukammallikdan juda uzoq.
*
Mamlakat rahbariyati o‘zgarishi munosabati bilan jurnalistlar ancha jiddiy mavzularda yozish, hokimiyat va amaldorlarni tanqid qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar degan umid paydo bo‘ldi. Bu yerda o‘z-o‘zidan muammolar ham paydo bo‘lishi mumkin: jurnalistlarni sudga berishadi, OAVni yopishga va jurnalistlarga bosim o‘tkazishga harakat qilishadi. Demak, hamkasblar huquqiy ko‘makka muhtoj.
*
Internet nashrlari kadrlar yetishmovchiligi muammosiga mutaxassis yo‘qligidan emas, balki nisbatan yangi yo‘nalish bo‘lganligi uchun duch kelishmoqda. Ularni internet jurnalistikasiga o‘qitish kerak.
(Davomi bor)

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mulohazalar. Karim Bahriyev